Donald Tramp ma’muriyati tomonidan işlab çiqilayotgan Grenlandiyani sotib oliş rejasi «grenlandiyaliklarni sotib oliş» variantiga aylanadi. Amerika rasmiylari orol aholisini Daniyadan ajralib çiqişga va ehtimol Qöşma Ştatlarga qöşilişga köndiriş uçun ularga bir martalik nafaqa tölaş imkoniyatini muhokama qildi, deb yozdi Reuters vaziyatdan xabardor tört kişiga tayanib.

Tölovlarning aniq miqdori va mexanizmi hali aniqlanmagan bölsa-da, rasmiylar, jumladan, Oq uy xodimlari har bir kişi uçun 10 ming dollardan 100 ming dollargaça bölgan miqdorni muhokama qildi, dedi agentlikning ikki manbasi.

Grenlandiya aholisiga tölovlar ğoyasi 57 ming kişilik orolni «sotib oliş» variantlaridan biridir. 5 yanvar kuni davlat kotibi Marko Rubio kongress yetakçilariga Tramp Grenlandiyani sotib oliş niyatida ekani, jangovar ritorikadan esa Daniyaga bosim ötkaziş va uni muzokaralarga undaş uçun foydalanayotganini aytdi.

Oq uyda Grenlandiyani qöşib olişning bir neçta variantlari muhokama qilinmoqda. Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt kuç işlatiş variantini istisno qilmadi.

«Prezident va uning jamoasi uşbu muhim taşqi siyosiy maqsadga erişişning bir qator variantlarini muhokama qilmoqda va albatta, AQŞ Qurolli kuçlaridan foydalaniş har doim boş qömondon ixtiyorida qoladi», dedi u.

Orol aholisiga bevosita tölovlar varianti Trampning «bitimlarga» bölgan muhabbatiga qaramay, Daniyaga iqtisodiy qaramligini uzoq vaqtdan beri muhokama qilib kelayotgan va töliq mustaqillikka erişişni istagan Grenlandiya aholisi uçun haddan taşqari tranzaksion va hatto kamsituvçi bölib tuyulişi mumkin, deb ta’kidlaydi Reuters. 2025 yilda ötkazilgan sörovda grenlandiyaliklarning 56 foizi mustaqillik uçun ovoz berişga tayyorligini, 28 foizi qarşi ovoz berişga tayyorligini bildirgan. Xuddi şu sörovda 85 foizi Grenlandiyaning AQŞ tarkibiga kirişiga qarşi çiqdi.

Reuters agentligining orolni sotib oliş, jumladan, uning aholisiga bevosita tölovlar imkoniyati haqidagi munozaralarga izoh beriş söroviga javoban Oq uy Levitt va Rubioning bayonotlariga işora qildi.