Eronda qatağon kuçayib borayotganiga qaramay, yakşanbaga ötar keçasi ham odamlar köçalarga çiqişda davom etişdi. Poytaxt Tehrondagi ikki şifoxonaga sönggi ikki kunda 100 dan ortiq jasad olib kelingan.
Guvohlar tomonidan olingan videolarda rasmiylarning namoyişlarni bostirişdagi harakatlari yanada şafqatsiz tus olayotganini körsatmoqda.
Xalqaro axborot agentliklari voqealarni Eron hududida turib yoritiş imkoniga ega emas. Bundan taşqari, mamlakat rasmiylari payşanba kuni internetni töliq öçirib qöygan va bu ma’lumot yiğiş va tekşirişni yanada qiyinlaştirgan.
Şunga qaramay, OAV ixtiyoriga mamlakatdan ayrim videoyozuvlar yetib kelmoqda, jurnalistlar Eronda bölib turgan va voqealarni töğridan töğri kuzatiş imkoniga ega bölgan odamlar bilan boğlanmoqda.
Şanba kuni olingan videolardan birida namoyişçilar Tehronning Gişa tumanidagi köçalarni nazorat qilayotgani aks etgan. Ayrim videoroliklarda esa Eronning ikkinçi eng yirik şahri bölmiş Maşhadda namoyişçilar xavfsizlik kuçlari bilan töqnaşganini köriş mumkin.
Namoyişlar kuçaygani sayin qurbonlar va yaradorlar soni ortib bormoqda. Inson huquqlari bilan şuğullanuvçi taşkilotlar 100 dan ortiq qurbonlar haqida xabar bergan. Tehrondagi şifokorlar BBC’ga ma’lum qilişiça, sönggi ikki kunning özida ikki şifoxonaga 100 dan ortiq jasad olib kelingan.
Şifokorlar şifoxonalar yaradorlar va halok bölganlar bilan tölib-toşganini ma’lum qilgan. BBC Fors xizmati juma kuni keçqurun Raşt şahridagi şifoxonalardan biriga 70 ta jasad olib kelinganini tasdiqlagan, yana bir tibbiyot xodimi esa Tehrondagi şifoxonalardan birida 40 ga yaqin odam vafot etganini ma’lum qilgan.
Sönggi kunlarda bir neça bor aralaşuv bilan tahdid qilgan Donald Trampning şanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida şunday gaplar yozib qoldirdi: «Eron erkinlikka intilmoqda, ehtimol, har qaçongidan ham köproq. AQŞ yordamga tayyor!!!»

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bakir Kalibaf agar AQŞ Eronga hujum qiladigan bölsa, Isroil hamda mintaqadagi barça amerikalik harbiylar va dengiz bazalari Eronning javob hujumlari uçun qonuniy nişonlar bölişidan ogohlantirdi.

















