TIV rahbari özining rasmiy sahifasida uçraşuvdan mamnun ekanini bildirib, muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlarning barça yönalişlari muhokama qilinganini ma’lum qildi. Xususan, Özbekiston va Belgiya örtasida savdo, investitsiya va işbilarmonlik hamkorligini yanada rivojlantiriş, şuningdek amaliy iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş muhimligi alohida ta’kidlangan.
Uçraşuv yakunida elçiga mamlakatdagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilaklari izhor etilgan.
Ma’lumot örnida, Özbekiston va Belgiya örtasida diplomatik munosabatlar 1992 yil 16 mart kuni örnatilgan.

Şuningdek, “Dunyo” AA keltirgan ma’lumotga köra, Belgiyaning yangi elçisi 59 yoşda bölib, 1993 yildan buyon xalqaro taşkilotlar, Belgiya Taşqi işlar vazirligi hamda xorijdagi vakolatxonalarida mas’ul lavozimlarda işlagan tajribali diplomat hisoblanadi.
Erik de Mayyer 2024 yilda Belgiyaning Toşkentdagi elçisi sifatida akkreditatsiyadan ötgan Anri Vantigem örnini egallagan.












