Eron hukumati mamlakatdagi norozilik namoyişlari bilan boğliq vaziyatni nazorat qilmoqda. Bu haqda Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi ma’lum qildi, deb xabar berdi Sky News.
Uning sözlariga köra, mamlakatdagi umummilliy norozilik namoyişlari endi «töliq nazoratga olingan».
Aroqçi sözlariga köra, Tehron AQŞ va Isroilning mamlakatdagi sönggi voqealarga aloqadorligi haqida köplab dalillarga ega.
«Bizda AQŞ va Isroilning Eronda sönggi kunlardagi terrorçilik harakatlariga aloqadorligi haqida köplab hujjatlar va dalillar mavjud», dedi u.
Xususan, vazir AQŞ sobiq davlat kotibi Mayk Pompeoning izohlariga işora qildi. Aroqçining aytişiça, u «Mossad agentlari tartibsizliklar iştirokçilari bilan birga bölgani va uşbu terrorçilik harakatiga rahbarlik qilganini» tan olgan.
Eron TIV rahbari, şuningdek, Ğarb hukumatlarini tanqid qilib, ular terrorçilarni emas, Eron politsiyasini qoralayotganini aytdi.
Dekabr oyi oxiridan beri Eronda keng kölamli norozilik namoyişlari davom etmoqda. Aksiya iştirokçilari siyosiy rejimni özgartirişni talab qilmoqda. HRANA inson huquqlari taşkiloti ma’lumotlariga köra, kamida 544 kişi halok bölgan. Mamlakat rasmiylari norozilik namoyişlarini taşkillaştirişda AQŞ va Isroilni aybladi.













