Gurjistonning sobiq boş vaziri Irakliy Garibaşvili aybga iqrorlik töğrisida prokuratura bilan kelişuv tuzdi va noqonuniy boylik orttiriş, noqonuniy moddiy foyda oliş yoki jinoiy yöl bilan topilgan mulkka egalik qiliş moddasi böyiça beş yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda 12 yanvar kuni Gurjiston boş prokuraturasi ma’lum qildi.
Garibaşviliga qöşimça jazo sifatida bir million lari (taxminan 4,5 milliard söm) miqdorida jarima belgilandi. Şuningdek, tintuv davomida olib qöyilgan jinoiy yöl bilan topilgan pul mablağlari davlat foydasiga musodara qilindi.
«Garibaşvili sodir etilgan jinoyatni tan oldi va protsessual kelişuv şartlariga rozi böldi», deyiladi prokuratura xabarida.
Sudlanuvçi Rustavi şahridagi 12-sonli jazoni ijro etiş muassasasiga joylaştirildi.
Şu bilan birga, Gurjiston adliya vaziri Paata Saliya hukmni şarhlar ekan, har qanday odam qonunga rioya qilişi şart va lavozim ahamiyatga ega emasligini ta’kidladi.
«Ayblanuvçi va davlat örtasida kelişuvga erişildi, unga beş yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Albatta, bu juda açinarli fakt, ammo şuni ta’kidlaş kerakki, Gurjistonda qonun har bir fuqaro uçun, u amaldormi, oddiy fuqaromi yoki boş vazirmi, bundan qat’i nazar, ustuvor hisoblanadi. Har kim qonunga böysunişga majbur va bugun biz buni körib turibmiz. Kim aybdor bölişidan qat’i nazar, qonun bajarilişi kerak», dedi Saliya.
Irakliy Garibaşvili 2013-2015 yillarda va 2021 yil fevralidan 2024 yil yanvarigaça Gurjiston boş vaziri lavozimida işlagan. 2019-2021 yillarda mamlakat mudofaa vaziri bölgan. 2024 yil yanvar oyida boş vazir lavozimidan iste’foga çiqqanidan köp ötmay, Garibaşvili «Gurjiston orzusi» partiyasini boşqardi.
2025 yil oktyabr oyida Gurjiston boş prokuraturasi unga juda katta miqdordagi noqonuniy daromadlarni legallaştiriş aybini qöydi. Tergov ma’lumotlariga köra, Garibaşvili boş vazir va mudofaa vaziri lavozimlarida işlagan vaqtida tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanib, noqonuniy daromad olgan, keyinçalik ularni soxta bitimlar va oila a’zolari nomiga rasmiylaştirilgan mol-mulk orqali qonuniylaştirgan.












