Ma’lumotlarga ko‘ra, kun tartibida mamlakat xavfsizligi va mudofaa sohasiga doir masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Bunday kengaytirilgan yig‘ilishlar, odatda, Qurolli kuchlarni rivojlantirish, boshqaruv va muvofiqlashtirish ishlari, hamda amaliy vazifalar ijrosini muhokama qilishga qaratilgan bo‘ladi.

Shu kuni prezidentning Mudofaa vazirligi tizimidagi obektlar bilan tanishishi ham ko‘zda tutilgan. Tashrif doirasida obektlardagi sharoit, infratuzilma va amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha axborot taqdim etilishi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, xavfsizlik va mudofaa masalalari bo‘yicha bunday tadbirlar Vatan himoyachilari kuni arafasida ham o‘tkazib kelinadi.