Özbekiston prezidenti, qurolli kuçlar oliy boş qömondoni Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatidagi Maxsus operatsiyalar kuçlari poligoni bilan tanişdi.
«Prezidentimiz taşabbusi bilan sönggi yillarda Mudofaa vazirligi qöşinlaridagi barça dala öquv maydonlari, harbiy qism va muassasalarda modernizatsiya işlari olib borilib, ular xalqaro standartlarga moslaştirildi.
Maxsus bölinmalarni samarali tayyorlaş maqsadida xalqaro tajriba va qöşinlarni tayyorlaşning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olib taşkil etilgan Maxsus operatsiyalar kuçlarining yangi poligoni mazkur işlarning mantiqiy davomi böldi.
Poligon obektlarida şaxsiy tarkibning jangovar könikmalarini takomillaştiriş, tayyorgarlik maşğulotlarini samarali yölga qöyiş hamda ma’naviy-ruhiy barqarorligini oşiriş uçun zarur şaroitlar yaratilgan», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Davlat rahbari bu yerdagi jangovar va maxsus tayyorgarlik maşğulotlarini taşkil qilişning yangi usullari bilan tanişdi. Qurolli kuçlar bölinmalari bilan ötkazilayotgan maşqlarning faol bosqiçini kuzatdi.
Öquv davomida turli qöşinlarga mansub bölinmalarning jangovar imkoniyatlari hamda ularning birgalikdagi harakatlarining muvofiqlaşganlik darajasi, şuningdek, qöşinlar va qurol-yaroğni boşqarişning yangi raqamli tizimlari namoyiş etildi.

Turli jangovar operatsiyalarni ötkazişda uçuvçisiz uçiş apparatlaridan samarali foydalaniş usullari, şuningdek, turli xil öquv-jangovar vazifalarni bajariş jarayonida artilleriya, aviatsiya, havo hujumidan mudofaa va quruqlikdagi qöşinlarning birgalikdagi harakatlari körsatildi.
Bunda kiçik komandirlarning zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil qaror qabul qiliş könikmalari va boşqaruv mahorati darajasi, şuningdek, harbiy xizmatçilarning tez özgarib borayotgan jangovar vaziyat şaroitida jang maydonida zamonaviy qurol-yaroğ va texnikani samarali qöllaş böyiça kasbiy mahoratini baholaşga alohida e’tibor qaratildi.























