Botir Bahromoviç Qudratxöjayev Özbekiston mudofaa vaziri lavozimiga tayinlandi. Uning nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan maʼqullandi.

Botir Qudratxöjayev 1975-yilda tuğilgan, 1997-yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U öz faoliyatini harbiy prokuraturada boşlagan, turli yillarda Toşkent viloyati harbiy prokurori, Şarqiy harbiy okrug harbiy prokurori, Özbekiston harbiy prokurorining birinçi örinbosari vazifalarida işlagan.

Keyinroq Surxondaryo viloyati prokurori (2014-2016), Toşkent şahri prokurori (2016-2017), Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori (2017-2020), Xorazm viloyati prokurori (2020-2022), Boş prokurorning birinçi örinbosari – harbiy prokuror (2022-2025) lavozimlarida faoliyat körsatgan. 2025-yil fevralidan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga rahbar bölgan va general-mayor unvonini olgan, 2026-yil yanvarida Içki işlar vazirining birinçi örinbosari – Tezkor qidiruv departamenti boşliği lavozimiga tayinlangandi.

Öz navbatida, Şuhrat Ğayratjonoviç Xolmuhamedov mudofaa vaziri lavozimidan ozod etilgan. Prezident matbuot xizmatiga köra, u boşqa işga ötkazilgan.

Фото: Президент матбуот хизмати
Шуҳрат Холмуҳамедов

U bu lavozimda 2024-yil noyabridan buyon işlab kelayotgandi.