Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning öğli Adam Qodirov Grozniydagi yöl-transport hodisasidan söng şifoxonaga yotqizildi, deb xabar berdi 16 yanvar kuni muxolifatdagi Niyso telegram-kanali va «Kavkaz.Realii» naşri manbalarga tayanib.

Ularning ma’lumotiga köra, Adam Qodirov oğir ahvolda, huşsiz holatda şifoxonaga yetkazilgan. U Grozniydagi respublika şifoxonasida yotibdi. Jabrlanuvçi reanimatsiya qilinib, Moskvaga olib ketişga tayyorlanmoqda.

Manbalarga köra, Qodirov korteji katta tezlikda harakatlangan, bir neça avtomobil YTH «iştirokçisi» bölgan, bir neça kişi jarohatlangan.

Halokatdan keyin Grozniy şahri yopib qöyişdi. Xususan, Qodirov olib borilgan şifoxona yöllari yopilgan.

18 yoşli Adam Qodirov - Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning eng maşhur farzandlaridan biri. U Çeçeniston xavfsizlik kengaşi kotibi va respublika IIV kuratori hisoblanadi.