Farğona viloyati, Buvayda tumanidagi maktab direktorini mehnat qonunçiligi talablariga zid ravişda lavozimidan ozod qilgani uçun viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi (MMTB) boşliği ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

Xabarda MMTB boşliği ismi-şarifi keltirilmagan va unga aynan qanday çora körilganiga aniqlik kiritilmagan.

Qayd qilinişiça, viloyat boşqarmasi rahbari tomonidan maktab direktorini işdan böşatiş, şuningdek yangi direktor tayinlaş jarayonida mehnat qonunçiligi talablari buzilgan. Şu asosda mansabdor şaxsga nisbatan ma’muriy jazo belgilangan.

Buvayda tumanidagi 37-maktab direktori Hasanboy Nişonov öqituvçilarni dam oliş kunlarida navbatçilikka jalb etgani haqidagi xabarlar ortidan tanildi. Şundan söng, Farğona viloyati MMTB maktab direktori pedagogik jamoaga lavozim majburiyatiga kirmaydigan vazifa yuklagani uçun işdan böşatilganini ma’lum qildi. Biroq, keyinçalik navbatçilikka asos bölgan topşiriq Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan berilgani ma’lum böldi.

Şundan söng, Davlat mehnat inspeksiyasi holatni örganib, maktab direktori mehnat qonunçiligi talablari buzilgan holda lavozimidan ozod etilganini aniqladi va uni lavozimiga qayta tikladi.