AQŞ uruşni töxtatiş va Vladimir Putinga bosim ötkaziş uçun Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovni qölga oliş böyiça harbiy operatsiya ötkazişi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.
«Marhamat, mana sizga [Venesuela prezidenti Nikolas] Maduro bilan boğliq misol. Operatsiya qilişdi. Natijani hamma, butun dunyo kördi. Bu tezda amalga oşirildi. Mayli, Qodirov bilan ham, öşa qotil bilan ham qandaydir operatsiya qilişsin. Balki şunda Putin buni körib, öylanib qolar», dedi Zelenskiy jurnalistlar bilan muloqotda.
Uning sözlariga köra, AQŞda Rossiyaga real bosim ötkaziş uçun vositalar bor va ulardan qanday foydalanişni biladi, biroq buning uçun Vaşingtonda Ukraina ustuvor bölişi kerak. Hozirça AQŞ prezidenti Donald Trampning vakillari Rossiya bilan muzokaralar olib bormoqda, ammo ular «vaqtni çözmoqda», dedi Zelenskiy.
Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov sönggi paytlarda omma oldida kam köriniş bermoqda. «Novaya gazeta. Yevropa» naşriga köra, u oğir kasal. Bir taxminga köra, unda buyrak bilan boğliq muammolar bölişi mumkin, boşqa taxminga köra, unda oşqozon osti bezi nekrozi bor.


















