Lisenziyasi çaqirib olingan “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatini tugatiş böyiça komissiya iş boşladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, ayni paytda omonatçilar röyxati şakllantirilmoqda, uşbu jarayon 8 iş kuni davomida amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Şuningdek, ikki iş kuni içida Omonatlarni kafolatlaş agentligi tomonidan kompensatsiya miqdori hamda agent-bank töğrisida qöşimça axborot e’lon qilinadi. Ma’lumot taxminan 28 yanvar kuni taqdim qilinadi.
Markaziy bank omonat mablağlari böyiça kompensatsiya tölanişi yuzasidan batafsil ma’lumotni Omonatlarni kafolatlaş agentligining 55-550-05-00 raqamli işonç telefoni orqali oliş mumkinligini bildirdi.
Markaziy bank Boşqaruvining 15 yanvardagi qarori bilan, “Yangi bank” AJ faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyasi çaqirib olingandi.
Bunga bank faoliyatida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça körilgan çoralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali miqdorini qonunçilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmagani, şuningdek, banklar va bank faoliyati töğrisidagi qonunçilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmagani sabab bölgan.
Bankning 32 526 ta omonatçisidan 32 153 tasiga davlat tomonidan kafolatlangan omonat mablağlari töliq qaytariladi, 373 ta haqdor esa omonatining 200 mln sömdan ortiq qismini qonunçilikda belgilangan tartibda qaytarib olişi mumkin.












