Bundesverning Grenlandiyadagi harbiylari Berlindan orolni zudlik bilan tark etiş buyruğini oldi, deb xabar berdi Bild naşri.

Naşrning bildirişiça, admiral Ştefan Pauli boşçiligidagi 15 nafar askar va ofitserlar Nuuka aeroportiga yöl olgan.

Bu yerda ötkazilişi rejalaştirilgan barça tadbirlar bekor qilingan, rasmiy bayonot berilmadi, barçasi yaşirinça amalga oşirilmoqda, deb yozadi Bild.

Germaniyalik harbiylar Grenlandiyaga juma kuni yetib kelgan, ular orolda uzoqroq muddat qolişi möljallangandi. Gazetaning taxminiça, ular AQŞ prezidenti Donald Trampning boj kiritiş haqidagi tahdidi sababli orolni tark etişmoqda.

Avvalroq Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoği orqali AQŞ Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Niderlandiya, Norvegiya, Finlandiya, Fransiya va Şvetsiyaga nisbatan 10 foizlik bojlar joriy etişini, bu tartib Grenlandiya töliq AQŞ tasarrufiga ötmaguniça amal qilişini aytgandi. Bundan taşqari, u orolga Yevropa qöşinlarining kiritilişini “xavfli öyin” deb atagan.