Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus va Qarshida avtomatik shaharsozlik talablari mexanizmi sinovdan o‘tkaziladi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2026 yilda sohada raqamlashtirishni jadallashtirish, shaffoflikni oshirish hamda xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan qator yangiliklarni joriy etadi. Jumladan, shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqish, loyihalarni ko‘rib chiqish va murojaatlar bilan ishlash jarayonlariga elektron platformalar va sun’iy intellekt keng tatbiq etiladi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda 154 ta aholi punkti uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi. “Shaffof qurilish” tizimida “Raqamli shaharsozlik kengashi” platformasi ishga tushirilib, arxitektura-shaharsozlik kengashlari faoliyati to‘liq raqamlashtiriladi. Shu bilan birga, fuqarolar murojaatlarini o‘qish, tahlil qilish va toifalash jarayonlariga sun’iy intellekt joriy etiladi.
Qurilish sohasida 158 ta texnik-normativ hujjat ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasida 206 mingdan ortiq qurilish resurslariga individual kodlar shakllantirilgan. Shuningdek, raqamli smeta moduli ishlab chiqiladi, Nukus va Qarshi shaharlarida esa avtomatik shaharsozlik talablari mexanizmlari tajriba tariqasida joriy etiladi.
Yana bir muhim yangilik — qiymati 10 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan obektlar loyihalari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ko‘rib chiqiladi. Loyihalash topshiriqlarini ishlab chiqish va kelishish jarayonlari ham elektron platforma orqali yagona formatga o‘tkaziladi.
Uy-joy dasturlari doirasida 2026 yilda aholi sharoitlarini yaxshilash maqsadida 140 mingta xonadondan iborat ko‘p kvartirali uylar qurilishi rejalashtirilgan. Barcha loyihalarning amalga oshirilishi “Shaffof qurilish” tizimi orqali doimiy monitoring qilinadi.
Kommunal infratuzilmani yangilash bo‘yicha ham aniq rejalar belgilangan: 2026 yilda 25 ta qozonxona hamda 301 km issiqlik tarmoqlari qurilishi va rekonstruksiya qilinishi ko‘zda tutilgan. Natijada 56 mingga yaqin xonadon joylashgan 1 200 ta ko‘p qavatli uy, shuningdek, 97 ta ijtimoiy va boshqa obektlarda issiqlik ta’minoti yaxshilanishi aytilmoqda.
Shuningdek, “Turar joy” milliy axborot tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Ushbu tizim orqali ko‘p kvartirali uylarning texnik holati, yer uchastkalari, energiya va suv iste’moliga oid ma’lumotlar yagona elektron bazada jamlanadi.
Mavzuga oid
09:53 / 19.06.2026
O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasi 51 foizga yetdi
19:10 / 10.06.2026
Shaharsozlikda bosh reja va master-reja bilan ishlashning yangi tizimi joriy qilinadi
20:40 / 21.04.2026
Renovatsiya qonuni: mulkdorlar huquqi to‘liq ta’minlanadimi?
18:25 / 14.04.2026