Germaniyalik harbiylarning Grenlandiyani tark etişi NATO içidagi munosabatlar qançalik mustahkam ekani haqidagi savollarni kuçaytirdi. Tramp omili sabab alyans içida siyosiy pozitsiyalar tobora farqlanib, AQŞning keskin taşqi siyosati Yevropa davlatlarini murakkab tanlovlar oldida qoldirmoqda. Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar AQŞ va ittifoqçilarining alyans doirasidagi munosabatlari xususida söz yuritdi.
Germaniyalik harbiylarning Grenlandiyani tark etişi NATO içidagi birdamlik yöqligini anglatadimi?
Kamoliddin Rabbimov: NATO tarkibida doim turli pozitsiyadagi davlatlar bölgan va bu holat hozir ham saqlanib qolmoqda. Masalan, Turkiyada Erdöğan hokimiyatga kelganidan söng mamlakatning taşqi siyosiy yondaşuvi sezilarli darajada özgardi. Musulmon davlati sifatida u köplab masalalarda Ğarbiy blokdan farqli pozitsiya tutmoqda. Xuddi şuningdek, bugun Vengriya boş vaziri Viktor Orban ham Rossiyadan arzon gaz va neft oliş masalasida NATO içida köpinça murosasiz pozitsiya egallaydi. U aksariyat hollarda hammaga qarşi çiqib, oxir-oqibat veto huquqidan savdolaşuv vositasi sifatida foydalanadi va ma’lum imtiyozlarga erişgaç, qarorini özgartiradi.
Biroq hozirgi vaziyat avvalgilaridan tubdan farq qiladi. NATO tarixida ilk bor alyans içidagi eng asosiy davlat AQŞning özi tizimni içkaridan larzaga solmoqda. Ta’sir darajasi jihatidan AQŞ NATOda kamida 70 foizlik uluşga ega. Qolgan davlatlar Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Kanada va boşqalar jamlanganda ham qolgan 30 foizni taşkil etadi. Buning sababi oddiy: AQŞ global mudofaa xarajatlarining qariyb 40 foizini öz zimmasiga oladi. Masalan, Afğoniston va Iroqdagi uruşlar davrida dunyo böyiça harbiy xarajatlar 1,5 trillion dollarni taşkil etgan bölsa, şundan 250 milliard dollari faqat AQŞ hissasiga töğri kelgan. Bu oddiy mudofaa budjeti emas, balki real uruş xarajatlari edi.
Bugun ham Donald Tramp ijtimoiy dasturlar va xalqaro yordamlarni qisqartirgan bölsa-da, Pentagon budjetini oşirdi. Çunki u global qudratni aynan harbiy kuç orqali ölçaydi. Natijada NATO içidagi davlatlar hozir nima qilişni va qanday yöl tutişni bilmay qolgan. Eng avvalo, ular Trampning siyosatidan jiddiy xavotirda va unga oçiqça “yöq” deyişdan çöçimoqda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ayrim masalalarda Trampga qarşi çiqayotgan bölsa-da, NATO boş kotibi Mark Rutte Tramp bilan yozişmalarda ehtiyotkor va hatto haddan taşqari muloyim ohangni tanlamoqda. Germaniya ham AQŞ bilan töqnaş kelişni istamaydi. Şu sababli Trampning noroziligini yumşatiş uçun ayrim muammoli masalalarda tezda orqaga çekinmoqda. Yevropaning boşqa davlatlari ham xuddi şunday ikkilaniş holatida.











