O‘zbekiston | 11:00
809
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

OKMK: Barqaror rivojlanish va ekologik mas’uliyat bosh mezon

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida atrof-muhitni muhofaza qilish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish strategiyasi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Xususan, kombinat texnologik zanjirining yakuniy bo‘g‘ini bo‘lgan mis eritish zavodida amalga oshirilayotgan texnologik modernizatsiya ishlari nafaqat iqtisodiy samara keltirmoqda, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim rol o‘ynamoqda.

Foto: OKMK

Xususan, mis eritish zavodning Metallurgiya sexi konverter anod bo‘limida 1-sonli konverter agregati kapital ta’mirlandi. Bu jarayon kombinatning qurilish bo‘linmalari va zavodi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.

Rekonstruksiyaning asosiy ekologik yechimi — issiqlik utilizatsiyasi uskunalarini takomillashtirish bo‘ldi. Jumladan, ta’mir jarayonida chang kameralari 4 qismdan 3 taga qisqartirildi, tutun so‘rg‘ichlar tizimi maqbullashtirildi. Natijada texnologik gazlar harorati 160°S dan 230°S gacha ko‘tarildi. Bu harorat ko‘tarilishi elektrofiltrlarning bir maromda ishlashini ta’minlab, sulfat kislotasi ishlab chiqarish sexida gazlarni to‘liq tutib qolish va qayta ishlash samaradorligini oshirdi.

Konverter agregatining havo berish tizimidagi o‘zgarishlar (furmalar soni 6 taga ko‘paytirilishi) mis shteynlarini konverter jarayonini 10-15 foizga qisqartirib, quvvatini 10 foizga oshirdi. Bu nafaqat xomaki mis ishlab chiqarish hajmini oshirdi, balki yoqilg‘i va energiya resurslari sarfini sezilarli darajada kamaytirish imkonini berdi.

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida zavod hududi va tutash hududlarda daraxt, buta ko‘chatlarini ekish ishlari doimiy tarzda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarini sug‘orish, parvarish qilish hamda ularni qo‘riqlash maqsadida korxona tomonidan mas’ul xodimlar biriktirilgan. 

OKMKda amalga oshirilayotgan bunday tizimli islohotlar 2026 yilda O‘zbekistonning "yashil iqtisodiyot"ga o‘tish strategiyasi doirasida metallurgiya sanoatining ekologik toza va yuqori texnologiyali sohaga aylanishiga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun 2025 yil OKMK xalqaro e’tirofga - Sustainable Fitch agentligining 3 darajali ESG reytingi va 56 ballga sazovor bo‘ldi. Bu kompaniyaning barqaror rivojlanish va ekologik siyosatga e’tibor qaratishini aks ettiruvchi yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.

Mavzuga oid