Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 22 yanvar kuni Şveytsariyaning Davos şahrida Tinçlik kengaşi nizomini imzolaş marosimida iştirok etdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp raisligida ötgan tadbirda Argentina, Armaniston, Bahrayn, Bolgariya, Indoneziya, Iordaniya, Marokaş, Möğuliston, Ozarboyjon, Paragvay, Pokiston, Qatar, Qozoğiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Vengriya va boşqa davlatlar rahbarlari, boş vazirlari va taşqi işlar vazirlari ham qatnaşdi.

«Tinçlik kengaşining taşkil etilişi Özbekiston taşqi siyosatining tinçlikni ta’minlaş borasidagi taşabbuslari va köp qirrali hamkorlikni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ustuvor vazifalariga mosdir. Yangi tuzilma BMTning Xavfsizlik Kengaşi rezolyutsiyasi bilan qöllab-quvvatlangan Ğazo sektoridagi mojaroni tugatiş böyiça kompleks rejani amalga oşiriş doirasida şakllantirilmoqda.

Tinçlik kengaşi mojaroning keskinlaşuv xavfini kamaytiriş, Ğazo sektorida iqtisodiy va ijtimoiy tiklaniş uçun qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan. Bu farovon iqtisodiyot va tinç-osoyişta hayotga ega Yangi Ğazoni barpo etiş, istiqbolda Falastin davlatini tuziş imkoniyatini vujudga keltirmoqda.

Kengaş tarkibidan jahonning turli mamlakatlaridan nufuzli va ta’sirga ega yetakçilar örin oldi.

Kengaş nizomini imzolab, Özbekiston uni ta’sis etgan davlatlardan biriga aylandi. Bu mamlakatimizning kengaş faoliyatida izçil iştirok etişga hamda barça ta’sisçi davlatlar va xalqaro şeriklar bilan yaqin hamkorlikda uning vakolatlarini hayotga tatbiq etişda amaliy hissa qöşişga tayyorligini anglatadi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.