Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida 2025 yil aprelida Özbekiston fuqarolari iştirokida röy bergan janjal yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi.

Mahalliy naşrlarga köra, 22 yanvar kuni bölib ötgan oçiq sud majlisida sudlanuvçilardan olti nafari ölim jazosiga hukm qilingan, yana bir kişiga umrbod qamoq jazosi tayinlangan.

Özbekiston TIVdagi manba Kun.uz’ga bergan izohida mazkur ma’lumotni tasdiqlab, hukm yuzasidan apellyatsiya berilişi va jarayon köp yillarga çözilişini ma’lum qildi.

UPD: Özbekiston TIV holat yuzasidan aniqlik kiritib, Özbekistonning 8 nafar fuqarosi umrbod ozodlikdan mahrum qilingani, yana bir fuqaroga 25 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi berilganini ma’lum qildi.

Eslatib ötamiz, 2025 yil aprel oyida ijtimoiy tarmoqlarda Dubay şahridagi yonilği quyiş şoxobçalaridan birining hududida özbekistonliklardan iborat ikki jinoiy guruh örtasidagi töqnaşuv kelib çiqib, bir kişi piçoq zarbasi oqibatida vafot etgani, yana bir kişi komaga tuşib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Köp ötmay Özbekiston taşqi işlar vazirligi mazkur janjalda iştirok etişda gumonlanib, 15 nafar özbekistonlik qölga olinganini ma’lum qilgandi.

Dubay jinoyat qidiruv boşqarmasi «sönggi vaqtlarda Özbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari köpayayotgani ikki davlat örtasidagi vizasiz tartibga ta’sir körsatişi mumkinligi»dan ogohlantirgan, Özbekiston TIV esa «fuqarolarni xorijda mamlakat şa’niga doğ tuşiruvçi harakatlardan tiyiliş»ga çaqirgandi.

Mahalliy matbuotda uşbu voqea tafsilotlari paydo bölgan. Unga köra, oldindan özaro kelişmovçiligi bölgan ikki guruh a’zolari yonilği quyiş şoxobçasida uçraşib qolgan. Qizil rangli Mercedes maşinasidan tuşgan şaxsning oldiga bir neça kişi yugurib borib uni piçoqlagan. Uning şerigi qoçişga uringan, biroq köp ötmay uni tutib olişgan va kaltaklaşgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Dubay politsiyasi hududni örab olgan va muştlaşuv iştirokçilari qoldirgan buyumlarni musodara qilgan. Kuzatuv kameralari yozuvlari va guvohlarning körsatmalari voqealar xronologiyasi va işga aloqador şaxslarning şaxsini aniqlaşga yordam bergan. Natijada politsiya amirlikdagi mehmonxonalardan birida mojaro iştirokçilarini, jumladan, asosiy gumondorlarni qölga olgan.