AQŞ prezidenti Donald Trampning vakillari — uning maxsus elçisi Stiv Uitkoff, Oq uyning katta maslahatçisi Joş Gryunbaum, şuningdek Trampning kuyovi Jared Kuşner payşanba kuni, 22 yanvarda Kremlda yopiq eşiklar ortida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşib, RF tomonidan Ukrainaga qarşi boşlangan uruşni töxtatiş yöllarini navbatdagi marta muhokama qildi. 2017 yil yanvaridan 2021 yil yanvarigaça Trampning katta maslahatçisi lavozimida işlagan Kuşner hozir AQŞ ma’muriyatida rasmiy lavozimga ega emas, biroq u qaynotasiga ta’sirini saqlab qolgan va Oq uyning diplomatik hamda siyosiy taşabbuslarida iştirok etadi.

Gryunbaum — AQŞ Umumiy xizmatlar ma’muriyati tarkibidagi Federal xaridlar xizmati komissari bölib, Tramp tomonidan yaqinda taşkil etilgan “Tinçlik kengaşi”ning katta maslahatçisi etib tayinlangan, u muzokaralarda birinçi marta qatnaşdi.

Kreml matbuot xizmatiga köra, suhbat 3 yarim soatdan ortiq davom etgan. Rossiya tomonidan unda Putindan taşqari uning yordamçisi Yuriy Uşakov hamda RF prezidentining maxsus vakili, Rossiya töğridan töğri investitsiyalar jamğarmasi (RTIJ) boş direktori Kirill Dmitriyev iştirok etgan. Kutilişiça, uşbu muzokaralar yakunlari böyiça Uşakov OAV uçun telefon orqali brifing ötkazadi.

Uitkoff va Putin örtasidagi şunga öxşaş oldingi uçraşuv 2025 yil dekabri boşlarida bölib ötgan edi. Öşanda muzokaralar beş soat davom etgan, ammo katta yutuq keltirmagan, deb esga oladi dpa agentligi.

TASS agentligi Putinning uşbu uçraşuv arafasidagi bayonotlariga tayanib xabar berişiça, tomonlar boşqa masalalar qatori Tramp Falastin-Isroil va boşqa mojarolarni hal etiş uçun taşkil etgan “Tinçlik kengaşi”ga Rossiyani taklif qiliş, şuningdek AQŞ hududida muzlatilgan Rossiya aktivlarining taqdiri haqida ham gaplaşişni rejalaştirgan.

Bundan oldin, 21 yanvar kuni Putin RF mazkur aktivlardan “Tinçlik kengaşi”ga 1 mlrd dollar yönaltirişi, qolgan qismini esa Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi davomida zarar körgan hududlarni tiklaşga beriş mumkinligini aytgan. Gap Kiyev nazoratidagi hududlar haqida ketyaptimi yoki Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan hududlar haqidami — Rossiya prezidenti aniq aytmagan.

Kutilişiça, Ukrainada tinçlik yölidagi kelişuv böyiça muzokaralar 23 yanvar kuni Abu-Dabida davom etadi. Uzoq vaqtdan beri birinçi marta u yerda Moskva va Kiyev vakillari bevosita uçraşadi. AQŞ esa vositaçi sifatida iştirok etadi.