2026 yil 1 iyuldan hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektorini ularning böysunuvidagi taşkilotlar taqdimnomasiga asosan tuman (şahar) hokimi tomonidan lavozimga tayinlaş va fuqarolar yiğini raisi taqdimnomasiga asosan lavozimidan ozod etiş amaliyoti yölga qöyiladi.  

Loyihaga köra, 500 ta mahallada eksperiment tariqasida “mahalla yettiligi” vakillarini ularning özi istiqomat qilayotgan va yondoş mahalladan tayinlaş amaliyoti joriy etiladi.

“Mahalla yettiligi” a’zolarini yiğilişlar va boşqa tadbirlarga jalb qiliş faqat fuqarolar yiğini raisining ruxsati bilan amalga oşiriş yölga qöyiş, ularning vazifa va faoliyat yönalişlari bilan boğliq bölmagan vazifalarni yuklaşni qat’iy taqiqlaş közda tutilmoqda.

Özbekiston mahallalari uyuşmasi tomonidan mazkur talabni buzganligi uçun davlat organlari va taşkilotlari mas’ul va mansabdor şaxslarini egallab turgan lavozimidan ozod etişgaça bölgan jazo çoralarini qöllaş böyiça har oyda boş vazirga takliflar kiritib boradi.