Jamoatçilik bilan muloqotda Böstonliq tumani aholi punktlari yaşovçilari, jurnalistlar, blogerlar, ekologlar, mustaqil xalqaro jamoat taşkilotlari va ekspertlar hamjamiyati vakillari, Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Böstonliq tumani hokimligi, şuningdek tegişli vazirlik va idoralar xodimlari iştirok etdi.

Tadbir avvalida Sea Breeze Uzbekistan boş direktori Sardor Hamidov loyiha taqdimoti bilan sözga çiqib, kurort konsepsiyasi, uning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati hamda amalga oşirişning asosiy tamoyillari haqida batafsil ma’lumot berdi.

«Sea Breeze Uzbekistan — mintaqani rivojlantirişga qaratilgan uzoq muddatli loyiha. U minglab yangi iş örinlarini yaratadi, iqtisodiyot va turizm rivojiga kuçli turtki beradi, şuningdek Çorvoq hududida ilgari mavjud bölmagan zamonaviy muhandislik infratuzilmasini şakllantirişni közda tutadi. Biz avvalboşdan oçiqlik tamoyiliga amal qilamiz va aholi, ommaviy axborot vositalari hamda ekspertlar bilan barça masalalarni muhokama qilişga tayyormiz. Eng muhimi, loyihani amalga oşiriş jarayoni ustidan Ekologiya vazirligi tomonidan doimiy nazorat olib borilişini ilk kunlardan boşlab özimiz talab qilganmiz», — deya ta’kidladi Sardor Hamidov.

Muhokamalar jarayonida Çorvoqqa tutaş aholi punktlari aholisining minnatdorçilik bilan aytgan fikrlari alohida ta’sirli böldi. Xususan, sönggi oylarda uşbu hududlarga ilk bor magistral suv va gaz ta’minoti olib kirilmoqda. Ayrim iştirokçilar özlari va farzandlari uçun endilikda poytaxt yoki xorijga ketmasdan, öz yaşaş joylarida munosib iş örinlari yaratilişiga umid bildirişdi.

Ayni paytda markazlaştirilgan kanalizatsiya tizimi hamda zamonaviy tozalaş inşootlarini barpo etiş böyiça tayyorgarlik işlari allaqaçon boşlangan. Bu taşabbus nafaqat kurort, balki butun mintaqa uçun muhim infratuzilmaviy yeçim sifatida baholanmoqda. Taşkilotçilar jamoatçilik bilan oçiq muloqotni aholi va ekspertlar hamjamiyati bilan konstruktiv muloqot yölga qöyişdagi muhim bosqiç sifatida körmoqda. Tadbir davomida bildirilgan barça taklif, savol va mulohazalar qayd etildi hamda loyihani takomillaştiriş jarayonida inobatga olinadi.

Uç soatdan ortiq davom etgan tadbir yakunida jamoat muhokamalarida iştirok etgan ZBS kanali muallifi Vadim Ivankov #savecharvak taşabbusi bilan çiqdi.

«Biz önlab volontyorlar bilan birgalikda mavsum yakunlanganidan söng har dam oliş kunlari suv ombori sohiliga çiqib, u yerda töplanib qolgan çiqindilarni tozalaşga tayyormiz. Sohil hududi allaqaçon sektorlarga ajratildi, iş rejasi işlab çiqildi va işonçim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli bir yil içida qirğoqlarni töliq tozalaşga erişamiz»,