“Balki bu kitobni öqişdan voz keçayotgandirsan, eng kamida içingda şunday öylaysan. Bilginki, seni bundan voz keçtirgan ham, içingdagi vasvasa va ğulğula ham menman. Axir aytdim-ku, Men - senman...”. Uşbu iqtibos turk adibi Fotih Dumanning “Men” kitobidan olindi. Bugun “5 daqiqa”da içimizdagi eng katta duşman haqida gaplaşamiz.
Uşbu asarni göyoki bizga zamonaviy Istanbulda yaşovçi yigit öqib beradi. Uning qöliga XVII asrdagi maşhur olim va qozi Aziz Mahmud Xudoyi hayoti haqidagi kitob tuşib qoladi. Yigit mutolaa jarayonida özi uçun noma’lum bölgan dunyo eşiklarini oçib kiradi.
Asar qahramoni qozi Mahmud Afandi Usmoniylar imperiyasining hukmronligi davrida yaşaydi. U yillar davomida maşaqqat bilan ilm oladi va öşa davrning eng yuksak martabalaridan biri - qozilik maqomiga erişadi. Bursa şahriga qozi böladi.
Qozi Mahmud Afandini bir holat larzaga soladi. Şaharda Bakr Afandi ismli faqir kişi yaşardi, u har yili hajga borişni orzu qilardi. Agar şu yil ham hajga borolmasam, xotinimning javobini berdim, deydi. Buni qarangki, bir begunoh ayol zulmdan qutulib qoladi. Bakr Afandi Uftoda hazratlarining duosi bilan Haj amalini bir keçada bajaradi. Bu voqea qozi janoblarining aqliga siğmaydi. Qanday qilib bir keçada şunça masofani bosib ötiş mumkin, deb e’tiroz qiladi. Javob esa juda oğir böladi: “Yaratganning duşmani bölmiş şaytonga berilgan imkoniyat Uning döstlariga berilmasinmi?”
Şu javob qozi janoblarining butun dunyoqaraşini parçalab yubordi. Bursa qozisi öz rutbasini yeçadi. Şayx Uftoda hazratlariga şogird tuşadi. Şu yerdan asarning eng oğir, eng ta’sirli qismi boşlanadi.
Qozi janoblarini telbaga çiqarişadi
Asarda nafsning yetti darajasi - nafsi ammoradan komil nafsgaça bölgan yöl insonning içki imtihonlari sifatida tasvirlanadi.
Qozi Mahmud Xudoiy şayx Uftoda rahnamoligida nafsni yengiş yöliga tuşadi. U nafsning barça bosqiçlaridan ötib, ilm, taqvo va ma’naviy barqarorlikka erişadi. Bu jarayonda har bir daraja inson uçun imtihon va maşaqqat sifatida körsatiladi.
Nafsning ammora bosqiçida kibr, şahvat, hasad va gunohlar insonni hamişa sinovdan ötkazadi. Keyingi olti bosqiç yanada murakkablaşib boraveradi.











