Toşkent şahrida şamol yönalişlari va şahar tabiiy ventilyatsiyasini urbanistik modellaştiriş (Urban digital twins) taşkil etiladi.

Bu orqali:

– şaharga kirib keluvçi şamollar töxtab qolişi mumkin bölgan zonalar aniqlanadi;

– şamol tezligi va uning yönalişini özgartiruvçi omillar belgilanadi;

– şaharning tabiiy ventilyatsiyasi koridorlarini aniqlab, unga ta’sir qiluvçi omillar, xususan, rejalaştirilgan binolar qavati pasaytiriladi, oçiq maydonlarni taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar işlab çiqiladi;

– aholi istiqomat qiluvçi mavzelarda datçiklar orqali havo (şamol) aylanişini nazorat qilib, uning harakatlanişini tezlaştiriş omillari aniqlanadi.

Toşkent şahrining şamollar tabiiy ventilyatsiyasini nazorat qiliş onlayn xaritasi işga tuşiriladi.

Tadqiqot natijalari böyiça aniq çora-tadbirlar belgilanib, Toşkent şahrining boş rejasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş közda tutilmoqda.

Qayd etilişiça, quyidagilar uçun zarur bölgan infratuzilmaning asoslari yaratiladi:

- Toşkent şahrida şamolning örtaça tezligini (yerdan 1,5–3 metrdan boşlangan balandlikdagi) 25 foizgaça oşiriş;

– atmosfera havosining ifloslangan holda şamolsiz töxtab qoladigan kunlar sonini bir yilda 30 foizga kamaytirişga erişiş;

– atmosfera havosida PM 2.5 zarraçalari turib qoladigan kunlar sonini 25 foizga qisqartiriş;

– yoz fasllarida köçalarda infratuzilma şakllanadigan havo haroratini 0,5 – 1,5 darajagaça tuşiriş.