Andijon viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan “Döstlik” çegara bojxona posti orqali 18 800 AQŞ dollari olib çiqib ketilişining oldi olindi.

Bojxona nazoratidan ötiş uçun qizil yölakni tanlagan fuqaro özining yonida belgilangan me’yor doirasida valuta borligini ma’lum qilib, bojxona deklaratsiyasini töldirgan. Deklaratsiya rasmiylaştirilganidan söng bojxona xodimi fuqaroning qöl sumkalarini nazoratdan ötkazgan.

Oğzaki sörovda qarindoşlari uçun olingan non va qand-qurs solinganligi aytilgan sumkadagi nonlar orasida 18 800 AQŞ dollari borligi aniqlandi.

Uşbu holat böyiça dastlabki suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga köra, jismoniy şaxslar 100 mln sömgaça bölgan naqd valutani belgilangan tartibda çeklovsiz olib çiqişi mumkin.