Hindistonning Kalkutta şahri yaqinida ölimga olib kelişi mumkin bölgan Nipax virusi tarqalayotgani xabar qilindi. Bugunga qadar beşta kasallaniş holati aniqlangan bölib, ulardan uçtasi şu haftada qayd etilgan.
Bu qanday virus?
Nipax — yangi zoonoz virus bölib, hayvonlardan, şuningdek ifloslangan oziq-ovqat yoki insondan insonga yuqişi mumkin. Virus keltirib çiqaradigan infeksiya klinik jihatdan turliça namoyon böladi: umuman belgisiz ötişi ham, oğir nafas yöllari infeksiyasi yoki ölimga olib keluvçi ensefalit şaklida ham keçişi mumkin. Virus taşuvçilari meva bilan oziqlanuvçi körşapalaklar bölib, ular infeksiyani odamlarga yoki boşqa hayvonlarga, masalan, çöçqalarga yuqtirişi mumkin.
Virus ifloslangan oziq-ovqatlar orqali va odamlar örtasida bevosita muloqot natijasida ham tarqaladi. Nipax virusi kasallangan hayvonlarning sölagi, siydigi, najasi yoki qoni orqali yuqadi. Uning qözğatuvçisi boş miya va markaziy asab tizimi töqimalarida keng tarqalgan maxsus inson retseptoridan foydalanadi, şu sabali bemorlarda nevrologik alomatlar kuzatiladi.
Odamlar virusni kasallangan hayvon yoki uning biologik suyuqliklari bilan kontaktda bölganida yuqtirişi mumkin. Şundan söng virus boşqa odamlarga ham yuqişi ehtimoli mavjud.
Qaçon aniqlangan?
Nipax virusi ilk bor 1999 yilda Malayziyadagi Nipax daryosi atrofida yaşovçi çöçqaboqar fermerlari orasida kasallik avj olgan paytda aniqlangan. Öşandan beri Janubiy Osiyoda kasallik yana 12 marta avj olgani kuzatilgan. 2018 yilda Hindistonning Kerala ştatida Nipax virusi tarqalişi oqibatida 17 kişi vafot etgan. 2021 yil sentabrda yana şu ştatda 12 yoşli bola uşbu virusdan vafot etgan, 11 kişida kasallik alomatlari aniqlangan. 2023 yil sentabrda virus yana ikki kişining umriga zomin bölgan.
Alomatlari
Nipax virusi bilan zararlanişning asosiy alomatlari:
- yötal;
- nafas olişning qiyinlaşişi;
- harorat kötarilişi;
- boş oğriği;
- iç ketişi;
- qusiş;












