Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston huquq-tartibot sohasiga yuqori kasbiy malakaga ega, yoş va talabçan rahbarlar korpusi kerakligini ta’kidladi.
Yiğilişda davlat idoralari va korxonalarida xavfsizlik uçun mas’ullar faoliyatini ham tanqidiy qayta körib çiqiş vaqti kelgani qayd etildi.
«Bizga yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabçan yoş rahbarlar korpusi kerak», – degan prezident.
Ma’lum qilinişiça, uşbu tizimda xizmat ötaş çegarasi polkovniklar uçun 55 yoş, generallar uçun 60 yoş bölsa-da, hozir bu yoşdan oşgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida işlamoqda.
Vaholanki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida rahbar kadrlarning barçasining yoşi 50 yoşdan kiçik.
Şavkat Mirziyoyev rahbarlikka yoş kadrlarni qöyiş, pensiya yoşidagilarning tajribasidan murabbiy va öqituvçi sifatida foydalaniş yoki mahallada yoşlarga ustozlik qiladigan tizim yaratiş muhimligini qayd etdi.












