Janubiy Koreyaga işçilarni yuboriş faqat Migratsiya agentligi orqali amalga oşiriladi, xususiy bandlik taşkilotlarida bunday vakolat yöq, deya ma’lum qildi Özbekistonning Koreyadagi elçisi Alişer Abdusalomov 17 yanvar kuni tadbirkorlarning hukumat a’zolari va elçilar bilan uçraşuvida.

Alişer Abdusalomovga köra, nolegal statusdagi özbekistonliklar sonining oşib ketgani sababli Koreya hukumati viza berişni töxtatib qöyişi mumkin.

«Borgan işçilarimizning yuborilgan joydan boşqa yerga nolegal bölib ötib ketiş holatlari juda ham köp. Hozirgi holatda 9 foiz fuqarolarimiz nolegal. Agar bu 10 foizga çiqsa, Koreya Adliya vazirligi tomonidan viza beriş umuman töxtatiladi», dedi u.

Elçining qöşimça qilişiça, ta’lim oliş maqsadida borganlarning ham bir qismi öqişni taşlab, noqonuniy tarzda işlaşga çiqib ketgan.

«Muammo migratsiya bilan birga, ta’lim sohasiga ham tegişli. Til kurslari yoki universitetlarga borayotgan yoşlarimiz işlaş uçun öqişidan ketyapti va nolegal statusga çiqib qolyapti. Bu narsa Özbekistonning imijiga ta’sir qiladi, albatta. Şuningdek, tartibli migratsiyani amalga oşirişga ham tösqinlik qiladi. Koreya kompaniyalarida migrantlarimiz töğrisida fikr boşqaça şakllanadi. Masalan, bir kompaniya qişloq xöjaligi sohasiga vatandoşlarimizdan işçilar olib keldi. Keyin ular qoçib yoki boşqa joyga nolegal statusga ötib ketsa, kompaniya hosilini yöqotib, zarar köradi. Kelasi yili özbekistonlik işçilarni olib kelişni xohlamaydi», dedi Abdusalomov.

Uning qöşimça qilişiça, hozirda Janubiy Koreyada 100 ming özbekistonlik istiqomat qilyapti va elçixona ularga yordam körsatişga tayyor.