Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident aksar sportchilar ko‘cha bezorisiga aylanib ketayotganidan xavotir bildirdi
Joylarda pul uchun yashirin janglar tashkil qilish holatlari ko‘paygani qayd etilib, mutasaddilarga bu yo‘nalishda nazoratni ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda uyushgan jinoiy guruhlar faoliyatini cheklash bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday shaxslar chet elga borib olib, u yerda o‘z vatandoshlarini ham talaydi.
Davlat rahbari ilgari faqat «ko‘cha» deb ko‘rilgan uyushgan jinoyatchilik bugun «biznes niqobi» ostida daromadli sohalarga kirib borayotganini ta’kidladi.
Ayniqsa, jinoiy to‘dalar faoliyati ko‘p qavatli uylar va avtomashinalar oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar tashkil qilish, «Haj» va «Umra» ziyoratiga yuborishda ancha ko‘paygan.
Ma’lum qilinishicha, faqat Toshkentda xonadon sotish masalasida 3 mingdan ziyod fuqaroga 1,3 trln so‘m zarar yetkazilgan.
Prezident, shuningdek, mas’ullar aholining firibgarlar qopqoniga tushib qolmasligi uchun huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlamayotganini ko‘rsatib o‘tdi.
Co‘nggi paytlarda jinoiy guruhlar oldi-berdi munosabatlarga, biznes faoliyatga aralashib, tadbirkorlar va investorlarga tahdid solayotgani ta’kidlangan.

Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, AQSh va boshqa davlatlardagi elchixonalarda ichki ishlar vakili lavozimi joriy qilindi. Ushbu vakillar xorijdagi hamkasblari bilan ishlab, bunday zo‘ravonliklarga nisbatan qonun ustuvorligini ta’minlaydi, fuqarolarni yot g‘oyalar ta’siriga tushishining oldini oladi.
Mutasaddilarga transchegaraviy va virtual maydonda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yaxlit tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Ichki ishlar vazirligida uyushgan jinoyatchilik bo‘yicha alohida xizmat tashkil qilinadi.
O‘tgan yili poytaxtda ushlangan uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida 259 nafar «og‘ir» toifadagi yoshlar va sportchilar bo‘lgani o‘ta tashvishli hol ekani qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev sportchilarning aksariyati ko‘cha bezorisiga aylanib ketayotgani, joylarda pul uchun yashirin janglar tashkil qilish holatlari ko‘payganini qayd etdi.
U mutasaddilarga bu yo‘nalishda nazoratni ta’minlash vazifasini qo‘yildi. Jangovar sport turlari bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni kasbga o‘qitib, salohiyatiga mos ish bilan band qilish tizimini yaratish topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida ham «oson pul topaman» degan ilinjda ayrim sportchilar jinoiy to‘dalarga qo‘shilib qolayotganiga e’tibor qaratgandi.
Mavzuga oid
18:13
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri IIBB huzuridagi qo‘riqlash xizmati faoliyati bilan tanishdi
16:33
«Narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20−25 mln so‘m sarflayapti» – prezident yoshlar orasidagi giyohvandlik muammosi haqida
15:32
Huquq-tartibot sohasiga yosh va talabchan rahbarlar kerak – prezident
14:49