Tadqiqotda 556 nafar talaba iştirok etgan. Ularning sunʼiy intellekt haqidagi qaraşlarini örganiş uçun olimlar erkin assotsiatsiyalar usulidan foydalangan. Iştirokçilardan sunʼiy intellekt tilga olinganda xayoliga birinçi bölib keladigan sözlar va obrazlarni aytiş söralgan.
Keyin javoblar tahlil qilinib, qaysi tuşunçalar köproq takrorlangani va ularning ahamiyati böyiça örni aniqlangan. Bu usul talabalarning tasavvurlarida eng mustahkam örin olgan tuşunçalarni ajratib körsatiş imkonini bergan.
Natijalarga köra, sunʼiy intellekt bilan eng köp boğlangan tuşunçalar aql, texnologiklik, yordam, tezkorlik va kelajak bölgan. Talabalar uni asosan insonning işini yengillaştiradigan, vazifalarni samarali bajarişga xizmat qiladigan texnik tizim sifatida qabul qilgan.
Şu bilan birga, iştirokçilar sunʼiy intellektning sunʼiy ravişda yaratilganini va unda insonga xos sifatlar yöqligini ham taʼkidlagan. Ularning bu qaraşiga köra, sunʼiy intellekt «jonli aql» emas, balki muayyan maqsadlarga xizmat qiluvçi vositadir.
Biroq tadqiqotçilar talabalarning tasavvurlarida ikki xil yondaşuv yonma-yon mavjudligini aniqlagan. Bir tomondan, sunʼiy intellekt iş unumdorligini sezilarli oşirişga qodir texnologik yordamçi - kuçli iş mexanizmi sifatida köriladi. Bunday yondaşuvda uning amaliy foydasi va vazifalarni qay darajada samarali bajarişi birinçi öringa çiqadi.
Ikkinçi tomondan esa, talabalar sunʼiy intellektga insoniy xususiyatlarni nisbat berişga moyil. Masalan, ular uni fikrlay oladigan, ijod qiladigan, «aqlli» yoki, aksinça, «ahmoq» bölişi mumkin bölgan tizim sifatida taʼriflagan. Psixologiyada bunday holat antropomorfizatsiya, yaʼni inson bölmagan narsaga insoniy xususiyatlar beriş deb ataladi.
Sunʼiy intellektga nisbatan umumiy munosabat ijobiy bölişiga qaramay, talabalar orasida xavotirlar ham bor. Ular texnologiyaning kelajakdagi imkoniyatlarini tan olsa-da, uning işonçliligi va xavfsizligiga doir savollar oçiq qolmoqda.
«Talabalarning umumiy munosabati ijobiy bölsa-da, ularda jiddiy xavotirlar ham bor. Sunʼiy intellektning kelajakdagi salohiyatini tan olişiga qaramay, köpçilik uning işonçliligi va xavfsizligiga şubha bildiradi», - dedi Tyumen davlat universiteti Taʼlim maktabi professori Inna Vasileva.
Uning taʼkidlaşiça, bu masalalar alohida eʼtibor talab qiladi.













