«Rossiya 1» telekanali efirida Markaziy Osiyo va Kavkazdagi suveren respublikalar manziliga qaratilgan navbatdagi bahsli bayonotlar yangradi. Propagandaçi Vladimir Solovyov boşlovçiligidagi «Veçer s Vladimirom Solovyovym» körsatuvi efirida mehmon bölgan politolog Sergey Mixeyev mintaqa davlatlari taşqi siyosatini tanqid qilib, amalda ularning teng huquqli şeriklik huquqini rad etgan.

Muhokama çoğida u Rossiya köp yillar davomida mintaqa davlatlarini qöllab-quvvatlab kelgani, biroq, bu ularning «erkalanib ketişi»ga olib kelganini aytgan.

U possovet mamlakatlari böyiça siyosatni qayta körib çiqiş kerakligini ta’kidlagan.

«Rossiya barçaga qarzdor – boşqalar esa Rossiyadan qarzdor bölmagan vaziyat – bu boşi berk bölgan vaziyatdir. Ha, bu possovet mamlakatlariga doimo bizni turli loyihalar bilan şantaj qilişga imkon beradi...

Biz şusiz ham ularning köplab muammolarini hal qilib beryapmiz. Bu mehnat migratsiyasiga ham, biz körsatayotgan yordamga ham va boşqa köp narsalarga ham taalluqli. Ammo doim biz qarzdordekmiz.

Menimça, xafa bölmanglar, ammo bunday ohang hozir Ukraina bilan sodir bölayotgan voqealarning sabablaridan biriga aylangandi», – deydi u. 

Şundan söng boşlovçi Vladimir Solovyov gapga qöşilib, bu fikrni qat’iyroq şaklda bildirgani, «asabi buzuqlar» esa elçini çaqirtirişganidan noligan.

– Vladimir, bilasizmi, ular nima uçun bunday qiziqqon?

– Çunki ular men haqligimni bilişadi (kulgi).

– Bu birinçi sabab. Ikkinçi sabab ham bor – biz ularni erkalatib yuborganmiz. Biz ularni erkalatib yubordik...

Ular öz örnini bilişi kerak... Yana bir bor takrorlayman: biz şundoq ham ularning köplab muammolarini hal qilib berganmiz.

Oldinroq Vladimir Solovyov öz muallifligidagi «Solovyov Live» körsatuvi efirida Rossiya asosiy e’tiborini yaqin xorij mamlakatlariga qaratişi lozimligini aytgandi. U Markaziy Osiyoni «bizniki» deb atagan va bu mintaqaning Moskva uçun strategik ahamiyatini qayd etgandi. U Rossiya «milliy xavfsizlikni ta’minlaş» uçun Ukrainada bölgani kabi Armaniston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham «maxsus harbiy operatsiya» boşlaşi kerakligi haqida gapirgandi.