Navoiyda noqonuniy oltin qazuvçilar faoliyatiga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, DXX Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan davlat zaxirasidagi yerlarda noqonuniy oltin qazib oliş va uni kimyoviy qayta işlaş bilan şuğullanuvçilar faoliyatiga çek qöyiş maqsadida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda noqonuniy oltin savdosiga ixtisoslaşgan uyuşgan guruh xorijiy davlat fuqarolarini jalb qilgan holda soliq, geologiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasidagi qator qonunçilik talablariga zid ravişda faoliyat yuritib kelgani aniqlangan.

Guruhga Karmana tumanidagi sport sohasiga ixtisoslaşgan MÇJ rahbari boşçilik qilgan.

Ötkazilgan tadbirda qonunbuzarlardan 17,2 kg oltin va kumuş qorişmasi, 20 kg yarim tayyor oltin mahsuloti, tarkibida oltin zarralari bölgan 250 kg boyitilgan kömir hamda 280 tonnadan ortiq qum va rudalar, 230 litr maxsus kimyoviy vositalar, oltinni ajratib olişga möljallangan laboratoriya va jihozlari, maxsus idişlar, gazballonlar hamda boşqa asbob-uskunalar aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Uyuşgan guruh tomonidan oltinni ajratib oliş uçun sun’iy yaratilgan 4 ta hovuz kimyoviy vositalar bilan töldirilib, 1 gektar yer sanoat işlab çiqariş maydoniga aylantirilgan.

Hozirda aşyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.