Isroil Ğazo sektoridan Falastin davlati tuzilişiga yöl qöymaydi, mintaqa demilitarizatsiya qilinib, radikal harakat — HAMAS töliq qurolsizlantirilmagunça esa uni qayta tiklaş işlari boşlanmaydi. Bu haqda Netanyahu seşanba, 27 yanvar kuni ma’lum qildi. U Isroil Iordan daryosidan to Örta Yer dengizigaça bölgan butun hudud ustidan, jumladan, Ğazo sektori ustidan ham nazoratni saqlab qoliş niyatida ekanini ta’kidladi.

“Men allaqaçon demilitarizatsiyadan oldin Ğazoni qayta tiklaşga ruxsat beramiz, degan bayonotlarni eşityapman. Bu bölmaydi. Men turk va qatar askarlarini Ğazoga joylaştirmoqçi ekanimiz haqida ham eşitdim. Bu ham bölmaydi. Men Ğazoda falastin davlatini tuzişga yöl qöyaman, degan gaplarni ham eşityapman. Bunday narsa bölmagan va bölmaydi”, — deya Netanyahudan iqtibos keltiradi The Times of Israel.

Isroil boş vaziri 26 yanvar kuni sönggi garovga olingan şaxs — 24 yoşli Ran Gvilining jasad qoldiqlari qaytarib olinganidan söng, Isroil asosiy e’tiborni HAMAS qurol-yaroğini yöq qiliş va Ğazoni demilitarizatsiya qilişga qaratayotganini bildirdi. Uning sözlariga köra, bu jarayonga, jumladan, jangçilar qazib qöygan tunnellarni yöq qiliş ham kiradi. Netanyahuning aytişiça, bu “oddiy yöl bilan ham, murakkab yöl bilan ham” amalga oşiriladi, ammo “har qanday holatda” röy beradi.

Yaqin Şarqdagi vaziyat 2023 yil 7 oktyabr kuni keskin yomonlaşdi. Yevropa Ittifoqi va AQŞda terroristik taşkilot deb tan olingan HAMAS Isroilga keng kölamli hujum uyuştirdi. Jangçilar Isroilga ommaviy raketa zarbalari berdi, mamlakat hududiga bostirib kirdi va taxminan 1200 kişini öldirdi. Şuningdek, jangçilar taxminan 250 nafar garovga olingan şaxsni asir olib, Ğazo sektoriga olib ketgan. Garovdagilarning bir qismi almaşuv yoki ozod qiliş yöli bilan qaytarilgan, bir qismi halok bölgan.

Javob tariqasida Isroil HAMASga qarşi uruş e’lon qildi. Ğazo sektoridagi quruqlik amaliyoti va bombardimonlar natijasida 71 mingdan ortiq falastinlik halok bölgan, yana taxminan 170 ming kişi yaralangan.

2025 yil oktyabr oyida Isroil hukumati va HAMAS AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati işlab çiqqan tinçlik rejasi asosida öt oçişni töxtatişga rozi böldi. Isroil va HAMAS örtasidagi kelişuv bajarilişiga AQŞ, Turkiya, Qatar va Misr kafil böldi. Birinçi bosqiçda HAMAS tirik qolgan isroillik garovga olinganlarning hammasini qaytardi, evaziga Isroil qamoqxonalaridan falastinlik mahbuslar ozod qilindi.

Yanvar oyi örtalarda Oq uy Trampning Ğazoda harbiy harakatlarni yakunlaş rejasining ikkinçi bosqiçi boşlanganini ma’lum qildi. Unga köra, “Tinçlik kengaşi” va unga hisobdor Milliy qömita tuzilişi lozim bölib, bu tuzilmalar mintaqa boşqaruvini Falastin milliy ma’muriyati bu vazifani qabul qilib olişga tayyor bölgunça öz zimmasiga oladi.