Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Kiyev va Odessaga hujum qildi, Kiyev viloyatida ikki kishi halok bo‘ldi
Odessada hujumkor dron pravoslav monastiri hududiga tushgani qayd etildi. Kiyev viloyatining Belgorod jamoatida ko‘p qavatli uyga berilgan zarba oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Kiyev hokimiyati havo mudofaasi ishlaganini xabar qildi.
Foto: Cedar Barnes/ZUMA Press Wire/IMAGO
Rossiya armiyasi chorshanbaga o‘tar kechasi Kiyev va Odessani hujumkor uchuvchisiz apparatlar bilan nishonga oldi. Kiyev viloyatining Belgorod jamoatida ko‘p qavatli turar joy binosiga berilgan zarba natijasida ikki kishi halok bo‘lgan, deb xabar qildi viloyat harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Nikolay Kalashnik.
Odessada dron pravoslav monastiri hududiga tushgani qayd etilgan, yong‘in chiqqan. Mahalliy VHM rahbari Oleg Kiper ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
Kiyevning Goloseyevskiy tumanida dron parchalari yo‘lga tushgan, shuningdek turar joy uyining oynali qismi va tom qoplamasiga zarar yetkazgan. Shahar hokimiyati HHM ishlagani haqida xabar bergan.
27 yanvar kuni Rossiya qo‘shinlari Xarkiv viloyatidagi Yazikovoye qishlog‘i yaqinida yo‘lovchi poyezdga dronlar bilan zarba bergan. “Chop — Xarkov — Barvenkovo” yo‘nalishi bo‘ylab ketayotgan poyezdda zarba paytida 200 nafardan ortiq odam bo‘lgan. Xarkiv viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, ikkita dron yo‘nalish yoniga tushgan, uchinchisi esa vagonga teggan. Yong‘in chiqqan. Kamida besh kishi halok bo‘lgani ma’lum.
Mavzuga oid
14:26
Krasnodarda dronlar hujumi neft bazasida yong‘inga sabab bo‘ldi
12:14
Kiyev Eron, RF va Rossiya paralimpiyachilariga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:33
Rossiya Ukrainaning uch viloyatiga zarba berdi: halok bo‘lganlar bor
17:26 / 14.03.2026