Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni Rossiyaning «Rosatom» atom energiyasi böyiça davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyovni qabul qildi.

Özbekistonda integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasini quriş loyihasini röyobga çiqarişning amaliy jihatlari, şuningdek, atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş borasidagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.

Ötgan yilning oktyabr oyida birinçi kam quvvatli reaktor binosi uçun poydevor qöyiş işlari boşlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Elektr stansiyani loyihalaştiriş işlari davom etmoqda.

Bundan taşqari, ötgan yili «MMFI» milliy tadqiqot yadro universitetining Toşkentdagi filiali negizida atom energetikasi va yadro texnologiyalari böyiça ilğor muhandislik maktabi işga tuşirildi.

Şuningdek, qişloq xöjaligi va tibbiyotda yadro texnologiyalarini qöllaş, sohada malakali kadrlarni tayyorlaş, fanni rivojlantiriş hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş borasida hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi.