Özbekistonda Telekommunikatsiyalar xizmatlarini körsatiş qoidalarining yangi tahriri qabul qilindi. Raqamli texnologiya vazirining tegişli buyruği 26 yanvar kuni Adliya vazirligida davom röyxatida ötkazildi.

Hujjatda iste’molçilarga qulaylik yaratuvçi qator yangiliklar belgilandi.

Jumladan, mobil aloqa abonentlari şaxsiy hisobida mablağ xizmat körsatişni davom ettiriş uçun yetarli bölmaganda mobil aloqa operatori va abonent örtasida tuzilgan şartnomani bekor qiliş («mavjud bömagan raqam holatiga ötkaziş») muddati 2 oydan 1 yilga uzaytiriladi.

Abonentlar amaldagi tarif rejasini istalgan boşqa tarif rejasiga bepul almaştirişi mumkin böladi (bundan muayyan guruh yoki ma’lum çeklangan hudud uçun işlab çiqilgan alohida tarif rejalariga ötiş mustasno).

Amaldagi tariflar şartlari özgarganda, abonentlar bu haqda kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari, rasmiy veb-sayt yoki SMS xabarnomalar orqali majburiy tartibda xabardor qilinadi.

Tarif rejasi böyiça abonent tölovi va xizmat uçun mablağ yeçişda hisobni salbiy holatga (qarzdorlik holatiga) keltiriş taqiqlanadi.

Mobil aloqa tarmoqlarida abonent raqamini köçiriş 8 iş soatida emas, balki 20 daqiqa içida amalga oşiriladi. 

Xizmat körsatiş punktiga boriş imkoniyati bölmagan fuqarolar uçun yaşaş joyiga boriş, olis va yetib boriş qiyin bölgan aholi punktlarida sayyor mobil aloqa xizmatlarini körsatiş yölga qöyiladi.

Prezident virtual qabulxonasining işonç telefonlariga keça-kunduz bepul qönğiroq qiliş mumkinligi belgilandi.

Mobil aloqa abonentlariga qöşimça pullik xizmatlarga obuna böliş böyiça kontent xizmatlari körsatişning quyidagi yangi tartibi belgilandi:

  • xizmatlarni aktivatsiya qiliş operatorlarning mobil ilovalari yoki USSD kodlar orqali amalga oşiriladi;