Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Grinch tankeriga nisbatan cheklov joriy etildi
Fransiyada Rossiyaning “soya floti”ga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Grinch tankeriga nisbatan ma’muriy cheklov joriy etildi. Ilgari hibsga olingan, Hindiston fuqarosi bo‘lgan kema kapitani esa ozod qilindi va yana kemaga qaytdi.
Fransiya chorshanba, 28 yanvar kuni Rossiyaning “soya floti”ga aloqadorlikda gumon qilinib ushlangan Grinch neft tankeriga nisbatan ma’muriy cheklov joriy qildi. Bu haqda Reuters Marsel prokuraturasining bayonotiga tayanib xabar berdi. 58 yoshli, Hindiston fuqarosi bo‘lgan tanker kapitani oldinroq qo‘lga olingan edi, u ozod qilindi va bortga qaytdi.
Fransiyaning BFMTV telekanaliga ko‘ra, tanker Murmanskdan yo‘lga chiqqan va Komor orollarining soxta bayrog‘i ostida harakatlangan. Ushlanganidan keyin kema Marsel–Fos portiga yo‘naltirilgan. BFMTV, shuningdek, Grinch tankeri Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgani hamda YeI va AQSh sanksiyalari ostida ekanini, ammo ularning “qora ro‘yxati”da boshqa nomlar bilan qayd etilganini ko‘rsatadi. Kema asosan neft mahsulotlarini Xitoy va Hindistonga eksport qilish bilan shug‘ullanadi.
Grinch tankeri 22 yanvar kuni O‘rta Yer dengizida ushlanganidan keyin, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron operatsiya vaqtida Fransiyani bir qator ittifoqchilar, jumladan Buyuk Britaniya qo‘llab-quvvatlaganini bildirdi. U, shuningdek, kema xalqaro sanksiyalar ostida ekani va ehtimol, soxta bayroq ostida yurganini aytdi.
Rossiyaning “soya floti” asosan eski kemalardan iborat bo‘lib, ular g‘arb sug‘urta va ro‘yxatdan o‘tkazish tizimlaridan tashqarida ishlatiladi. Shu orqali RF Ukrainaga keng ko‘lamli hujumdan keyin joriy qilingan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tadi. Neft sotuvidan tushgan daromadlar, jumladan Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarga arzonroq narxlarda sotishdan olinadigan mablag‘lar ham, urushni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
08:17
Saida Mirziyoyeva: Fransiya bilan strategik sheriklik yanada mustahkamlanadi
20:54 / 28.06.2026
Fransiyada parashyutchilar maktabiga qarashli samolyot qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi
10:27 / 27.06.2026
O‘zbekistonda Fransiya vizasi uchun vositachilarsiz hujjat topshirish imkonsiz bo‘lib qolgani aytilmoqda
18:00 / 25.06.2026