AQŞ vositaçiligida ötayotgan muzokaralarda asosiy masala Donbass bölib qolmoqda. Tomonlar jarayon ijobiy keçayotganini bildirsa-da, tafsilotlar sir saqlanyapti. Tahlilçilar fikriça, Rossiya dastlabki talablaridan bosqiçma-bosqiç çekinyapti. Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosatşunoslar Abu-Dabidagi muzokaralar xususida söz yuritdi.
— Ukraina bermasligini aytayotgan, Rossiya talab qilayotgan Donbass masalasi BAAdagi muzokaralardan qanday örin olgan?
Kamoliddin Rabbimov: Muzokaralar mutlaqo yopiq holatda ötkazilyapti va tafsilotlari hozirça oçiqlanmayapti. Hatto Ukraina tomoni ham jarayon juda ijobiy keçayotgani va ma’lum muvaffaqiyatlarga erişilganini ta’kidlayapti, biroq bu muvaffaqiyatlar nimadan iborat ekani aniq izohlanmayapti. Bu holat muzokaralarning yopiq formatda olib borilayotganidan dalolat beradi.
Ikkinçi muhim jihat şundaki, ança vaqtdan beri ilk bor AQŞ vositaçiligida, şuningdek, Birlaşgan Arab Amirliklari iştirokida şunday formatdagi muzokaralar qayta tiklandi. Öz-özidan bu jarayon muayyan darajada progress sifatida baholanişi mumkin.
Endi Ukraina tomonining asosiy xavotirlariga töxtalsak. Masalan, Donbass masalasi böyiça kelişuvga erişilgan taqdirda ham, Rossiya Konstitutsiyasiga kiritib qöyilgan boşqa hududlar masalasi oçiq qolmoqda. Ularning maqomini özgartiriş uçun Rossiya Konstitutsiyasiga tuzatiş kiritiladimi, degan savol mavjud. Agar Konstitutsiya özgartirilmasa, bunday kelişuv amalda imkonsiz böladi, çunki Putin bunday qadamga borişi ehtimoldan yiroq. Şu sababli Ukrainada Rossiya, aniqroği Putin ma’lum vaqtdan söng uşbu hududlarni qayta qöşib oliş uçun yana uruş boşlaşi mumkin, degan xavotir kuçli.
Şu fonda AQŞning pozitsiyasi ham bahsli. Qöşma Ştatlar asosan Ukrainaga bosim ötkazayotgandek taassurot uyğotadi, Rossiyaga nisbatan esa bunday bosim deyarli sezilmaydi. Masalan, bir hafta avval Donald Tramp muzokaralardagi asosiy tösiq Rossiya emas, balki Ukraina ekanini aytgandi. Şunga qaramay, Ukraina tomoni bugungi muzokaralar ijobiy keçayotgani va muayyan natijalar borligini yana bir bor ta’kidlamoqda.
Abu-Dabidagi muzokaralarda Rossiyaning iştiroki nisbatan past darajada. Ukraina tomonidan muzokaralarda Umerov, Xavfsizlik kengaşi va prezident ofisi vakillari qatnaşmoqda. Rossiya tomoni esa maqomi pastroq şaxslar bilan çeklanmoqda. Ular orasida FSB yoki taşqi razvedka vakillari borligi aytilmoqda. Biroq ularning siyosiy vazni Ukraina delegatsiyasidagi şaxslar darajasiga teng emas, ya’ni Rossiya vakilligi hozirça ança past mavqedagi amaldorlardan iborat.











