Istanbulda 37 yoşli özbekistonlik Durdona Hakimovaning vahşiylarça öldirilişi Turkiya jamoatçiligida norozilik namoyişlariga, özbek segmentida esa qurbonni ayblaşga sabab böldi. Marhuma bilan köp yillar hamkorlik qilgan Murat Baskan esa bu gaplarni yolğon deb, tarqalayotgan «işqiy munosabat» haqidagi iddaolarni keskin rad etdi.

Istanbulda 37 yoşli özbekistonlik Durdona Hakimovaning jasadi Şişli tumanidagi çiqindi qutisidan topildi. Tergov ma’lumotlariga köra, asosiy gumonlanuvçi D.T. marhum bilan yaqin munosabatda bölib, ular örtasida janjal kelib çiqqan va D.T. uni tört marta piçoq bilan jarohatlagan. Jasaddan qutuliş uçun u tanişidan yordam olgan va jasadni bölaklarga ajratib, çiqindi qutilariga taşlagan. Tergovda iştirok etayotgan uçinçi şaxs — taksi haydovçisi ham gumonlanuvçilar harakatlarini bilgan yoki bilmaganligi aniqlanmoqda.

Marhumning öldirilişi Istanbul va Anqarada norozilik namoyişlariga sabab böldi. Turk ayollari bir özbek ayolining hayoti uçun «Migrant ayollar yolğiz emas», «Ayollar hayoti muhim» degan şiorlar bilan adolat va qat’iy jazo talab qilib köçaga çiqişdi. Huquq himoyaçilari bu fojiani migrant ayollarni himoya qilişdagi tizimli böşliqlar bilan izohlaşdi.

Ammo şu paytda, özbek ijtimoiy tarmoq segmentida mutlaqo boşqa manzara kuzatildi: jinoyatçi emas, qurbon muhokama qilindi. Ayrimlar ayolning ölimida uning özini ayblab, zöravonlikni oqlaşga urinişdi. Bu esa jamiyatda hali ham jabrlanuvçini ayblaşga moyil ong ustuvor ekanini yaqqol körsatdi.

Turkiyada Durdona Hakimova bilan 7 yildan buyon hamkorlikda işlab kelgan Murat Baskan ismli şaxs öz ijtimoiy sahifasida bu gaplar mutlaqo yolğon ekanligini aytdi:

“Durdonaning vahşiylarça öldirilişi va odamlarning unga nisbatan bilib-bilmasdan aytayotgan fikrlari sabab men döstim, yaqinim bölgan ayol haqida gapirişga majbur böldim. U bilan 7 yildan beri döst edik. Durdonaning Emenöni Marjanda ovçilik va sport anjomlari  sotadigan firmasi bor edi. 17-18 yoşli ikki qizlari bor, Istanbulda litseyda öqişadi. Juda muloyim, tarbiyali inson edi. U bunday ölimga munosib emasdi. Xabarni eşitişim bilan uning turmuş örtoğiga qönğiroq qildim, javob bermadi. Keyin bildimki bu xabar rost.

Durdonaning qotillari bölgan 2 nafar özbekistonlikni uning sevgilisi deyişyapti, ammo unday emas. Biz Durdona bilan tijorat yuzasidan Moskva, Özbekiston, Qirğiziston, Qozoğiston kabi davlatlarda böldik. Şu jarayonlarda Durdonaning vatandoşlari bilan tanişdik, ya’ni qotillar bilan. Ular viza qoidalarini buzgani uçun oilasi bilan deport bölgan ekan. Qaytganimizdan keyin u menga öşa vatandoşlari iş topib berişni sörayotganini aytdi va ular Turkiyaga kelişdi. Durdona ularga ijaraga uy, qassob tanişlari bilan gaplaşib iş topib berdi. Bu şarafsizlar uni öldirgandan keyin “biz sevişardik, menga xiyonat qilgani uçun öldirdim” deb qotillikdan ham battar tuban iş qilişdi. Aslo u inson sevgilisi emasdi. Qotilning onasi orqali taniş edi ular, onasi undan iş topib berişni iltimos qilgandi.