Anqarada ötgan Oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining törtinçi yiğilişi yakunlari böyiça Şavkat Mirziyoyev va Rajab Toyyib Erdöğan 29 yanvar kuni bir qança qarorlar va köp qirrali şeriklikning turli yönalişlarini qamrab oluvçi ikki tomonlama hujjatlar töplamini imzoladi.

Xususan:

– soğliqni saqlaş, ta’lim va harbiy tibbiyot sohalaridagi hamkorlik töğrisida;

– iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik töğrisida;

– konçilik sanoatida özaro hamkorlik töğrisida;

– xalqaro transport yölaklarini rivojlantiriş böyiça hamkorlik töğrisida;

– maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi hamkorlik töğrisida;

– yadro xavfsizligi, jisman himoya qiliş, kafolatlar va radiatsion himoya sohasidagi hamkorlik va axborot almaşinuvi töğrisida;

– migratsiyaga kömaklaşiş va fuqarolarni öz mamlakatiga qaytariş sohasidagi hamkorlik töğrisida;

– Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasi va Turkiya Din işlari boşqarmasi örtasidagi hamkorlik töğrisidagi hukumatlararo bitimlar;

– Taşqi işlar vazirliklari örtasida 2026-2027 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi;

– Özbekiston Yengil sanoatni rivojlantiriş agentligi va Turkiya Oliy ta’lim kengaşi örtasida bayonnoma;

– Madaniyat sohasida 2026-2027 yillarga möljallangan hamkorlik rejasi.