31 yanvar soat 11:00 holatiga köra, census.stat.uz portali orqali Özbekistonda jami xonadonlarning 79 foizida istiqomat qiluvçi, ya’ni 29 million nafardan ortiq fuqaro onlayn röyxatdan ötdi.

Eng yuqori körsatkiçlar Xorazm (90,5 %), Namangan (86,8 %), Sirdaryo (85 %), Andijon (84,2 %) va Surxondaryo viloyatlarida (83,9 %) qayd etilgan.

Jizzax (80,3 %), Toşkent (80,3 %), Samarqand (76,7 %), Buxoro (74,9 %), Farğona viloyatlari (74,2 %) va Toşkent şahrida (62,8 %) nisbatan past körsatkiçlar kuzatilmoqda.

Onlayn röyxatdan ötiş bosqiçi bugun öz nihoyasiga yetadi. Uşbu bosqiçda qatnaşmagan fuqarolar uçun Aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirining ikkinçi bosqiçi — “Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan uyma-uy yurib, ma’lumotlar planşet qurilmalari orqali census.stat.uz platformasiga kiritiladi.

Savolnomani xato yoki töliq bölmagan holda töldirgan fuqarolar uçun avtomatik ogohlantiriş tizimi joriy etilgan. Sertifikat oynasida kök rangli “Sertifikat tasdiqlandi” yozuvi çiqsa, ma’lumotlar töğri kiritilgan hisoblanadi. Qizil rangli “Ma’lumotlar töliq emas” ogohlantirişi paydo bölsa, kamçiliklarni bugun, onlayn röyxatdan ötiş bosqiçi yakunlanguniga qadar, oxirgi marotaba bartaraf etiş tavsiya etiladi. Aks holda, 4–28 fevral kunlari mahalla vakillari tomonidan qayta röyxatdan ötkaziş amalga oşiriladi.