Buxoro viloyatining Qoraköl tumanida köp qavatli uyda portlaş sodir böldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, portlaş bugun, 31 yanvar kuni tumanning Tayqir mahallasida sodir bölgan. Hodisa oqibatida 2 qavatli uyning bir qismi qulab tuşgan. Hodisa joyiga mas’ullar, FVV tuzilmalari va boşqa tezkor xizmatlar vakillari yetib borgan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, hodisaga gaz sizib çiqişi sabab bölgan.
FVV holat yuzasidan rasmiy axborot berdi. Unga köra, 31 yanvar kuni soat 8:23da 112 tizimi orqali Qoraköl tuman Tinçlik mahallasi Şörobod köçasida joylaşgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi sodir bölganligi töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan. Voqea joyiga qutqaruvçilar va boşqa tegişli xizmatlar yetib borgan. Hozirda vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, çaqnaş gaz plitasidan foydalaniş jarayonida gaz sizib çiqiş oqibatida sodir bölgan. Hodisa oqibatida 2 kişi tan jarohati olgan va şifoxonaga yuborilgan. Halok bölganlar yöqligi bildirildi.












