“Dunyo” AA xabariga köra, Taşqi işlar vazirligida Ispaniyaning Özbekistondagi elçixonasi (qarorgohi Moskva şahrida) muvaqqat işlar vakili Mariya Asunson Sançes Ruis bilan uçraşuv bölib ötdi.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti ma’lum qilişiça, Özbekiston tomoni migratsiya oqimlarini diversifikatsiya qiliş va fuqarolarning mehnat migratsiyasi geografiyasini kengaytiriş yönalişida tizimli işlarni davom ettirmoqda. Bu borada Ispaniya istiqbolli yönalişlardan biri sifatida qayd etilgan.

Muzokaralarda tomonlar dolzarb konsullik masalalari, viza tartib-taomillarini soddalaştiriş hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Uçraşuv doirasida Ispaniya tomoniga “Harakatçanlik va migratsiya töğrisida” hukumatlararo bitimni imzolaş, şuningdek, Özbekistondan mehnat migrantlarini qişloq xöjaligi va quriliş sohalariga jalb qiliş böyiça tajriba loyihasini işga tuşiriş masalalari yuzasidan fikr almaşilgan.

Şu bilan birga, Özbekiston fuqarolarini Ispaniyada işga joylaştiriş imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida xorijiy işçilarni taşkillaştirilgan yollaş tizimi — GECCO'ga kiritiş variantlarini körib çiqiş taklif etildi.

Tomonlar ikki mamlakat tegişli idoralari örtasida hamkorlik va muvofiqlaştirişni çuqurlaştirişga tayyor ekanini bildirib, kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini tasdiqladi.