Insonlar bir-birining köngliga qaraşi, avaylaşi kerak, deb hisoblaymiz. Biroq doim ham içingdagini yaşiriş, yon-atrof uçun rol öynab berişning özi bölmaydi, çarçaysiz. Bugun “5 daqiqa”da dunyoning eng taniqli adiblaridan biri Alber Kamyuning “Begona” qissasi orqali jamiyatda rol öynaşni istamagan inson fojiasi haqida gaplaşamiz.
Kitobning birinçi jumlasini öqiboq, bezovta bölasiz. E’tibor qiling: “Bugun onam öldi. Yoki keçamikan, bilmayman”. Heç şunaqa bölişi mumkinmi? Çunki biz ona ölimi haqida bunday sovuq, befarq gapirişga örganmaganmiz axir.
Asar qahramoni Merso oddiy odam. Uning hayotida katta maqsadlar, baland orzular, jamiyatni qutqariş istagi yöq. Lekin u bir jihati bilan boşqalardan farq qiladi. Merso yolğon gapirmaydi. Va aynan şu rostgöylik uning fojiasiga aylanadi.
Onasining ölimi haqida xabar kelganida, Merso qayğuni jamiyat kutgan şaklda namoyon etmaydi. U yiğlamaydi, iztirob çekyaptimi yöqmi, bildirmaydi. Aksinça, uni boşqa narsalar bezovta qiladi: Marosimlar uçun işdan ruxsat söraş kerak, boşliqning qovoğiga qaraş lozim, dam oliş kuni ham rasvo böladi endi. Merso şular haqida öylaydi.
Yigit onasining tobuti yonida tunni ötkazadi. Bu sahna juda muhim. Çunki odatda adabiyotda bunday paytda qahramonning içki dramasi oçiladi. Lekin, Merso öşa yerda ham özini boşqaça tutadi. Issiqdan bezovta bölayotganini, xonada nafas oliş qiyinlaşganini heç kimdan yaşirmaydi. U mayit oldida sigaret çekadi, ozgina mizğib ham oladi.
Boşqalarga öxşamagan odam - eng xavfli odam...
Dafn marosimidan keyin Merso hayotini davom ettiradi. U dam oladi, köça aylanadi, Mari ismli qiz bilan tanişadi. Mari hayotni yaxşi köradigan, ta’sirçan qiz. U Mersoni yoqtirib qoladi. Ular birga vaqt ötkazadi, kino körişadi, dengizda suzişadi. Bu joyda öquvçida norozilik paydo böladi. “Qanday qilib keçagina onasi ölgan odam şunday qila olişi mumkin?”
Kamyu aynan şu savol orqali jamiyatning ikkiyuzlamaçiligini oçadi. Çunki jamiyat insonning içki holatini emas, uning taşqi harakatini baholaydi. Agar inson qayğuni jamiyat belgilab bergan qolipda körsatmasa, u begona, deb hisoblanadi.
Asardagi eng keskin nuqta plyajda sodir bölgan qotillikdir. Yigit nafratlanmasdan, qasos yoki oldindan öylanmagan reja bilan bir odamni öldirib qöyadi. Yigitning peşonasini quyoş qizdirib, közini qamaştiryotgani göyoki ğaşini keltiradi. Qotillik inson irodasidan taşqarida sodir bölganday tasvirlanadi. Yozuvçi şu orqali inson taqdirini ba’zan katta qarorlar emas, kiçik lahzalar hal qilişi mumkinligini körsatadi.











