Ma’lum qilinişiça, fuqarolar registratorning şaxsiga şubha tuğilgan taqdirda undan xizmat beyjikini körsatişni talab qilişi lozim. Beyjikdagi QR-kod orqali registrator haqidagi ma’lumotlarni tekşiriş mumkin bölib, uşbu ma’lumotlar yagona bazaga kiritilgan böladi.
Qöşimça ma’lumot oliş uçun 1851 qisqa raqami orqali faoliyat yuritayotgan kol-markazga qönğiroq qiliş imkoniyati ham mavjud.
Şuningdek, ayrim holatlarda birinçi bosqiçda onlayn röyxatdan ötib, sertifikat olgan fuqarolar xonadoniga ham registratorlar taşrif buyurişi mumkin. Bu, odatda, onlayn savolnomada ma’lumotlar xatolik yoki kamçiliklar bilan kiritilgani bilan izohlanadi.












