Qonun loyihasi migratsiya sohasidagi qonunçilikni takomillaştirişga qaratilgan bölib, mamlakatga çet elliklarning kirişi va bu yerda bölişi bilan boğliq tartib-taomillarni yanada soddalaştiriş hamda turizm va xorijiy investitsiyalarni rağbatlantirişni közda tutadi.

Qayd etilişiça, hozirda 80 dan ortiq davlat fuqarolari uçun vizasiz kiriş tartibi amal qiladi, elektron viza beriş tizimi joriy etilgan. Şuning natijasida joriy yilning dastlabki beş oyida Özbekistonga taşrif buyurgan xorijiy turistlar soni 27 foizga oşib, 5,5 million nafarga yetgan.

Amaldagi qonunçilikka muvofiq, çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar mehmonxona, motel, dam oliş maskanlari, sanatoriylar, davlat va xususiy klinikalar hamda boşqa joylaştiriş muassasalariga kelganida, qabul qiluvçi taşkilotlar ularni darhol turgan joyi böyiça röyxatdan ötkazişi şart.

Biroq amaliyotda ayrim taşkilotlar uşbu majburiyatni bajarmasligi, şuningdek, kelgan şaxslar haqidagi ma’lumotlarni E-mehmon axborot tizimiga kiritmaslik holatlari uçrayotgani qayd etildi. Şu munosabat bilan qonun loyihasida bunday qoidabuzarliklar uçun javobgarlikni kuçaytiriş taklif qilinmoqda.

Şuningdek, hujjat bilan amaldagi qonunlar 2025 yil 10 iyulda qabul qilingan «Özbekiston fuqarolarini, çet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bölmagan şaxslarni yaşaş joyi va turgan joyi böyiça röyxatdan ötkaziş töğrisida»gi qonunga muvofiqlaştirilmoqda.

Xususan, bir qator kodeks va qonunlarda qöllanilayotgan «doimiy yaşaş joyi» va «vaqtinçalik yaşaş joyi» atamalari tegişliça «yaşaş joyi» va «turgan joyi» tuşunçalari bilan almaştirilişi nazarda tutilgan.

Muhokamalar davomida deputatlar qonun loyihasining ayrim normalarini yanada aniqlaştiriş va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş böyiça takliflar bildirdilar. Yakunlarga köra, qonun loyihasi birinçi öqişda qabul qilindi.