Samarqand viloyatining Toyloq tumanida ölim bilan yakunlangan yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda viloyat yöl harakati xavfsizligi xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Ma’lum qilinişiça, 2026 yil 29 yanvar kuni soat 18:20 atrofida Toyloq tumanining “Jumabozor” MFY hududidan ötuvçi D-069 avtomobil yölining 12-kilometrida, Toyloq-Urgut yönalişida harakatlanayotgan velosipedçini şu yönalişda kelayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobili urib yuborgan.

Zarba oqibatida velosipedçi yölga yiqilgan. Şu paytda orqadan kelayotgan Damas rusumli transport vositasi uni bosib ketgan.

Hodisa oqibatida fuqaro voqea joyida halok bölgan.

Mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat YHXB barça yöl harakati iştirokçilarini harakat qoidalariga qat’iy amal qilişga çaqirdi.