Toşkent viloyatining ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori tezligi 80 km/soatgaça tuşiriladi. Bu Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining 2 fevraldagi qarorida közda tutilgan.

Hujjat yöl-transport hodisalarining oldini oliş, fuqarolar va harakat xavfsizligini ta’minlaş maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan viloyat IIBB Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça hududiy maxsus komissiyasining davlat ahamiyatiga ega D012 Bektemir-Çirçiq-Ğazalkent-Çorboğ qörğoni avtomobil yölining 6 ta aholi yaşaş joyidan taşqari qismida harakat tezligini kamaytiriş böyiça taklifi ma’qullandi.

Spot naşri yozişiça, qaror avtomobil yöli böylab joylaşgan aholi punktlari yaqinidagi quyidagi uçastkalarga taalluqli:

  • Xitoytepa (19−20 km);
  • Uyyenkulsoy (44−45 km);
  • Sari Qanli (49−50 km);
  • Ğazalkent (61−62 km);
  • Qaranköl (64−65 km);
  • Çinorkent (71−74 km).

Avval uşbu uçastkalarda harakat tezligi 100 km/soatgaça ruxsat etilgan edi.

Viloyat Avtomobil yöllari boş boşqarmasi boşliğiga ön kun muddatda uşbu hududlarda harakat tezligini çeklaş uçun 3.24 «Yuqori tezlik çeklangan» (80 km/soat) yöl belgilarini örnatiş yuklatildi.

Qayd etilişiça, D012 yölining 19–74-kilometrlari oraliğida belgilangan tezlikka amal qilmaslik oqibatida 2025 yilning 12 oyi davomida jami 63 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda 15 kişi vafot etgan, 50 kişi tan jarohati olgan.