AQŞ prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus elçisi Serjio Gor 3-7 fevral kunlari Qirğiziston va Özbekistonga taşrif buyuradi.
Elçi Gor Bişkekka taşrifi davomida «B5+1» biznes-forumida iştirok etib, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston, şuningdek, biznes vakillari va siyosatçilar bilan uçraşuvlar ötkazadi.
Bişkek va Toşkentda elçi Gor ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlarini örganiş uçun yuqori martabali amaldorlar bilan ham uçraşadi.
«Qöşma Ştatlar Qirğiziston va Özbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş hamda butun mintaqada barqarorlik va farovonlikka hissa qöşadigan innovatsion şeriklikni rivojlantiriş tarafdori», deyiladi xabarda.












