Uning aytişiça, Ukraina Qurolli kuçlari Belgorod şahri va Belgorod okrugiga zarba bergan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, jabrlanganlar yöq. “Infratuzilma obektida jiddiy şikastlar bor”, — deya qöşimça qildi gubernator.

Vayronagarçiliklar hajmini aniqlaş uçun hokimiyat tezkor ştab yiğilişini ötkazgan, favqulodda xizmatlar infratuzilmani tiklaş işlariga kirişgan.

Telegram’dagi "Pepel" kanaliga köra, Belgorod atrofidagi ikki muhim elektrpodstansiyaga raketa zarbalari berilişi oqibatida şaharda blekaut yuz bergan.

Kanal versiyasiga köra, öqqa tutilgan obektlar — Belgorod okrugining Dragunskoye qişloği hududidagi “Frunzenskaya” podstansiyasi va şaharning “Belgorod” podstansiyasi.

“Pepel” yozişiça, zarbadan keyin Belgorod viloyatining kamida töqqizta munitsipalitetida elektr qisman yoki töliq öçgan. Ularning ma’lumotiga köra, Belgorodda AYoQŞda benzin uçun navbatlar paydo bölgan, köpçilik generatorlar uçun yonilğini zaxira uçun olmoqda.

Ayrim uylarga issiqlik va suv berilişi töxtagan, isitiş tizimi öçgan. Köçadagi harorat minus 22°C gaça tuşgan. Ayniqsa şahar markazida suv yöqligi qayd etilgan.

Belgorod viloyati “Vodokanal”ning Telegram-kanalida şaharning barça suv oliş inşootlarida, Xarkiv toğligi hududini ta’minlovçi nasos stansiyasida, şuningdek ayrim oqova suv obektlarida elektr öçirilgani xabar qilingan.

Rakityanskiy va Krasnoyarujskiy okruglarida vodokanal obektlari töliq, Yakovlevskiy okrugda esa qisman elektrsiz qolgan. Suv ta’minoti tizimlari Şebekino şahrida, Maslova Pristan va Grafovka posyolkalarda izdan çiqqan. Mutaxassislar tizimlarni zaxira elektr manbalariga ulaşni boşlagan.

3 fevralga ötar keçasi Rossiya qöşinlari Ukrainaning energiya tizimiga hujum qilgan. Ukraina hokimiyati ma’lum qilişiça, elektr energiyasini işlab çiqariş va taqsimlaş obektlari nişonga olingan. Minus 20°C sovuqda minglab odamlar issiqliksiz qolgan.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy energotizim böyiça selektor yiğilişi yakunlari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda şunday yozgan: bu energetikaga qaratilgan maqsadli zarba bölgan, ballistik raketalar soni rekord darajada. Uning ta’kidlaşiça, Rossiya AQŞ taklif qilgan qisqa muddatli “pauza”dan diplomatiya uçun emas, balki raketalarni töplab, yilning eng sovuq kunlarini kutib, keng kölamli hujum qiliş uçun foydalangan.