Elçi Gor AQŞ uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarliça e’tibor bermaganini ta’kidladi.

«Menda prezident Trampning bevosita oddiy körsatmasi bor - Qöşma Ştatlar bu mintaqa bilan işlaşni xohlaydi, Qöşma Ştatlar bu mintaqaga ustuvor ahamiyat beradi va biz ma’muriyatimizning kelgusi uç yildagi siyosatini aynan şu asosda qurmoqçimiz. Uzoq vaqt davomida AQŞ bu mintaqaga yetarliça e’tibor bermadi. Prezident Tramp boşçiligida biz buni özgartirmoqçimiz», dedi Gor.

Elçi AQŞ bu mintaqadagi davlatlar bilan texnologiyalar sohasida hamkorlik qilmoqçi ekanini aytdi.

«Ötgan yili Oq uydagi C5+1 sammitida hamma guvoh bölganidek, bu ustuvorlik Oval kabinetdan kelib çiqmoqda. Bu biz e’tibor qaratadigan narsa, bu biz siyosatimizni quradigan narsa. Bu har ikki tomon uçun ham foydali. Bizda eng yaxşi texnologiyalar bor, bizda eng yaxşi imkoniyatlar bor. Biz mintaqa mamlakatlari va hamkorlar bilan hamkorlikni aynan şu yönalişda qurmoqçimiz. Men bugun forumda iştirok etayotgan kompaniyalar röyxatiga qaradim va adolatli ravişda aytmoqçimanki, bu mintaqaga taşrif buyurgan kompaniyalarning eng uzun va ahamiyatli röyxati. Biz kelgusi oylar va yillarda şunga tayanamiz. Bu faqat boşlanişi», dedi Gor.

Avvalroq, AQŞ prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo böyiça maxsus elçisi Serjio Gor 3-7 fevral kunlari Qirğiziston va Özbekistonga taşrif buyurişi haqida xabar berilgan edi.